Islom dini hech qachon ilm olishga to'g'anoq bo'lmagan. Yevropada yaqin vaqtlargacha cherkov ilm yo'liga g'ov bo'lib keldi, minglab olimlar olovda kuydirildi, evropaliklar buni hali unutishgani yo'q. Nima sababdan cherkovlar ilmga qattiq qarshilik qildi? Chunki hukmronlik to'laligicha cherkovda edi, ilm ularning yolg'onlarini fosh etardi. Cherkov katta boylikdan ajralib qolmaslik uchun olimlarga tazyiq o'tkazardi. Masalan, Kopernik, Galiley, Eynshteyn, Maks Plank kabi buyuk olimlar aynan cherkov mahkamasida sud qilindi.
Kopernik 1543 yil Yer o'z o'qi atrofida 24 soatda bir marta, Quyosh atrofida yilda bir marta aylanib chiqishini, Quyosh koinot markazi ekanini kashf qilgan edi. Katoliklar bu kashfiyotdan dahshatga tushdi, chunki nasroniylarning xurofotlari chippakka chiqayotgan edi. Cherkov Kopernikni dindan chiqqanlikda ayblab, kitoblariga o't qo'ydi, o'zini sudga tortib qatl etdi. 1481 – 1499 yillarda 90 023 nafar olim mahkamaga tortilib, cherkov ularning kitoblarini o'qishni ta'qiqlab, yoqib yuborishga buyruq berdi. Shu tariqa 8 000 ta qo'lyozma kitob yoqib yuborildi.
Doktor Rog'ib Sarjoniyning
“Islom va olam” kitobidan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).