Ikki Muqaddas Haram masjidlari rahbariyati idorasining ma'lum qilishicha, yangi hijriy sana boshlanishi munosabati “Ka'bapo'sh – Kisva” shanba kuni yangisiga almashtiriladi. Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etdi.
As-Sudays Saudiya Arabistoni rahbariyatining Ka'bani asrab-avaylashga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidladi.
Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka'bapo'sh – Kisva” majmuasida turli bo'limlarda, jumladan, bo'yash va avtomatik to'qish, qo'lda to'qish, bosmalash, tikish va yig'ish bo'limlari hamda Ka'ba kamari va oltin bo'limida 200 ga yaqin hunarmand va ma'murlar mehnat qildi.
Tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo'lgan, kom'pyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.
“Ka'bapo'sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo'yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati