Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2026   |   28 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
13 Iyul, 2026, 28 Muharram, 1448

Zakotga doir masalalar

08.06.2016   2147   12 min.
Zakotga doir masalalar

كتاب الزكوة

الزكاة واجبة على الحرّ العاقل البالغ المسلم إذا ملك نصاباً ملكاً تاماً وحال عليه الحول

 “Zakot ozod, aqlli, balog'atga etgan musulmonga,nisobga to'la ega bo'lsa va nisobga ega bo'lganiga bir yil to'lsa, vojib bo'ladi. Zakotning vojib bo'lishi Alloh taoloning:

 وآتوا الزكاة

 Zakotni beringlar", oyati karimasiga va Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam):

 أدوا زكاة أموالكم

 Mollaringizning zakotini ado etinglar, deganlariga binoandir. Butun Islom ulamolari zakotning vojibligiga ittifoq qilishgan.

 Bu o'rinda vojibdan murodfarz”dir.Chunki unning farzligiga hech qanday shubha yo'kdir.

 Zakot vojib bo'lishi uchun nisob miqdoridagi mulk bo'lishi lozim. Chunki, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) zakot vojib bo'lishining sababini nisob bilan belgilaganlar. (Zakot vojib bo'lishi uchun nisobga) bir yil to'lishi lozim, chunki mol o'sadigan muddat bo'lishi kerak. Shariat uni bir yil bilan belgilagan. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Molda, unga bir yil o'tmaguncha zakot yo'q”, deganlar. Zero, yil, har fasllarni o'z ichiga olgani uchun, unga molni o'stirish imkonni beradi. Va ko'pincha fasllarda narxlar o'zgaradi, shu boisdan hukm ko'piga bog'langan. So'ng, zakotni darhol (berish) vojib deyilgan, chunki mutlaq (biror narsaga bog'lanmagan) buyruq taqozosi ana shunday. Ba'zi rivoyatda darhol berish vojib emas, chunki butun umr ado qilish vaqtidir, deyilgan. Shuning uchun beparvolik natijasida nisob nobud bo'lishi sababli zomin bo'lmaydi (zakot bermaydi).

 وليس على الصبي والمجنون زكاة

 “Balog'atga etmaganlarga va majnunlarga zakot vojib bo'lmaydi”.

 ومن كان عليه دين يحيط بماله فلا زكاة عليه

 "Kimning zimmasida molini qamragan (nisob miqdoridagi moliga teng yo oshiq) qarzi bo'lsa, unga zakot vojib bo'lmaydi".

 وإن كان ماله أكثر من دينه زكى الفاضل إذا بلغ نصاباً

 Agar moli qarzidanoshiq bo'lsa oshganiagar nisobga etsa, shundan zakot beradi.

Molini qamragan qarzdan murod bandalar tomonidan talab qiluvchisibo'lgan qarzlardir.Nazr va kafforat qarzlari bunga kirmaydi.

ومن له على آخر دين فجحده سنين ثم قامت له به بينة لم يزكه لما مضى

"Kimning birov zimmasida qarzi bo'lib, qarzdor yillar mobaynida qarzini inkor qilgan bo'lsa, so'ng qarzga hujjat topilsa, o'tgan yillari uchun zakot bermaydi".

 Hazrati Ali (roziyallohu anhu): "Berkitilgan va topilishiga umid bo'lmagan molda zakot yo'qdir", deganlar. Chunki, zakot vojib bo'lishining sababi o'suvchi moldir. Ya'ni, molning egasi uning tasarrufiga qodir bo'lsagina molda o'sish bo'ladi.

 Yo'qolgan  mol, tortib olingan mol, dengizga tushib ketgan mol, cho'lga ko'milgan mol, agar joyi esdan chiqarilgan bo'lsa, berkitilgan va topilishiga umid bo'lmagan mol kabidir.

 Uyda ko'mib qo'yilgan mol, uni topish osonligidan nisob bo'ladi (yo'qolgan hisoblanmaydi).

 

Muhammad ShARIF JUMAN 

tayyorladi. 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

10.07.2026   21354   1 min.
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdi.

Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari