Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Oktabr, 2025   |   28 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:13
Asr
15:52
Shom
17:39
Xufton
18:51
Bismillah
20 Oktabr, 2025, 28 Rabi`us soni, 1447

Zakotga doir masalalar (uy-joylar, kiyim, garovga qo'ygan boylik, qarzdor kishi)

14.06.2016   1039   3 min.
Zakotga doir masalalar (uy-joylar, kiyim, garovga qo'ygan boylik, qarzdor kishi)

1. Yashab turgan uy-joylari, kiyib turadigan kiyimlari, minilib turadigan ulov, oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar tilla, kumushdan yasalmagan bo'lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo'lsa) olimning foydalanib turgan kitoblari, kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi. Bo'yoqchining idishdagi bo'yog'idan, teri oshlovchining idishdagi yog'-moylaridan zakot beriladi. Kirchining kir sovunidan zakot berilmaydi. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

2. Garovga qo'ygan boyligi, madomiki, garovga olgan kishi qo'lida ekan, undan zakot berish vojib emas. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

3. Bo'yniga olmay yurgan qarzdorga qarshi dalil-hujjatga ega bo'lib qolsa va qarzni undirib olsa, o'tgan yillar uchun zakot vojib emas. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

4. Odamlardan qarzdor kishi agar boyligidan qarziga beradigan bo'lsa, nisobdan kamayib qoladigan bo'lsa, unga zakot vojib emas. Ammo nazr, kafforat, fitr sadaqasi, haj puli kabi Allohning haqlari ham zimmasidagi qarzi hisoblanadi. Lekin bu qarzlar zakotga to'sqinlik qilmaydi, ya'ni mazkur joylarga sarf qilsa, nisobdan kamayib qolish ehtimoli bo'lsa ham zakot beraveradi. (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 

5. Qarzdor uzoq joyga qochib ketsa, qaraladi, agar qarz bergan odam uni topib kelishga qodir bo'la turib, harakat qilmasa, zakot soqit bo'lmaydi, topib kelishga imkoniyati bo'lmasa, qarzdordagi puldan zakot bermaydi.  (“Fatovoyi Olamgiriya”, “Kifoya”)

 
 

 

Fatvo hay'ati

 

 

 

 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Chimboy tumanidagi «Xon» jome masjidida juma namozini o‘qidi

18.10.2025   629   1 min.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Chimboy tumanidagi «Xon» jome masjidida juma namozini o‘qidi

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razovning navbatdagi xizmat safari Chimboy tumaniga bo‘ldi.

Tashrifdan maqsad masjidlardagi yaratilgan sharoitlar, atrofdagi tozalik, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish hamda «Xon» jome masjidiga yangi tayinlangan imom noibini jamoatga tanishtirish.

Qozi tumandagi markaziy «Xon» jome masjidida jamoat bilan uchrashar ekan, «To‘y berish odobi» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzasi davomida isrofgarchilikning oldini olish, bid’at-xurofatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ota-onalar, ustozlar va jamiyat birgalikda yoshlarning ma’naviy, ilmiy va jismoniy rivojlanishiga e’tibor qaratish, ularni ilm olishga yo‘naltirish va uning fazilati, yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlik va farovonlikning qadriga yetish haqida gapirdi. Maruzasi davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga o‘zimizning insoniylik hissamizni qo‘shish, yoshlar tarbiyasi, farzandlarimizga ilm o‘rgatish, halol kasb egallashga qiziqtirishimiz, shuningdek, migratsiya masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Qozi domla shu yili Toshkent islom institutini tugatgan, Chimboy tumani «Xon» jome masjidiga imom noibi bo‘lib tayinlangan Raxim Baymuratovni jamoatga tanishtirdi va uning kelgusi ishlarida omadlar tilab, duolar qildi.

 

B.Abbazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Chimboy tumanidagi «Xon» jome masjidida juma namozini o‘qidi Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Chimboy tumanidagi «Xon» jome masjidida juma namozini o‘qidi Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Chimboy tumanidagi «Xon» jome masjidida juma namozini o‘qidi
O'zbekiston yangiliklari