Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Dubayda ilk Metaolam yig'ilishi o'tkaziladi

27.07.2022   3643   2 min.
Dubayda ilk Metaolam yig'ilishi o'tkaziladi

Metaolamga bag'ishlangan ilk yirik tadbir 2022 yil sentyabr' oyida Dubayda o'tkaziladi. Unda raqamli olamning yangi maydonlarning imkoniyatini muhokama qilishga 300 dan ortiq soha mutaxassisi jamlanishi kutilmoqda. Bu haqda valiahd shahzoda va Dubay ijroiya kengashi raisi Shayx Hamdan bin Muhammad al-Maktum ma'lum qildi, deya xabar beradi The National.

Tadbir 28-29 sentyabr' kunlari “Kelajak muzeyi” va “Emirates Towers” majmuasi maydonida o'tkazilishi reja qilingan. Unda siyosatchi va mutaxassislardan tashqari 40 dan ortiq ixtisoslashgan tashkilotlar qatnashadi hamda 100 dan ortiq mahorat darsi o'tkaziladi.

Shayx Hamdan Metaolamni BAA va butun dunyodagi odamlar hayot sifatini yaxshilash uchun foydalaniladigan istiqbolli raqamli dunyo va texnologiya deb atadi. Valiahd Shahzoda Dubay kelajak texnologiyalarini joriy etish bo'yicha jahonda etakchi bo'lishga intilayotganini ta'kidladi.

Ushbu tadbirda metaolamni real dunyoga, jumladan, turizm, logistika, chakana savdo, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalariga yanada kirib borishga qaratilgan hisobot, strategiya va harakatlar rejalari taqdim etiladi.

Shayx Hamdan bin Muhammad al-Maktum ta'kidlashicha, Dubay metaolam yangi dasturini amalga oshirish doirasida yaqin besh yil ichida Dubayda 40 mingta virtual ish o'rni yaratiladi.

Dubay hududida metaolam texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar soni besh yil ichida besh baravar ko'paytiriladi – birdan besh minggacha. Shayx Hamdan metaolamni keyingi yigirma yil ichida odamlar hayotining barcha jabhalarini o'zgartiradigan yangi inqilob deb atadi.

Ma'lumot uchun, metaolam — virtual haqiqat, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli texnologiyalarni birlashtirgan Internetning kelajakdagi versiyasining nomi.

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

14.09.2026   372   1 min.
Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi doirasida ulug‘ mutafakkir, tasavvuf olimi Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti, Butunjahon musulmon donishmandlar kengashi, IRCICA, ICESCO, Al-Azhar ulamolar kengashi vakillari hamda yetuk sharqshunos va islomshunos olimlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ma’ruza qildilar.

Muftiy hazratlari Sayyid Yahyo Bokuviyning tasavvuf tarixidagi maqomi va uning ta’limoti haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, nutqda alloma nafaqat tasavvuf, balki diniy ilmlar, tabiiy va aniq fanlarni egallagan qomusiy olim bo‘lgani, o‘ttizga yaqin asarlari inson nafsini tarbiyalashda muhim qo‘llanma ekani ta’kidlandi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karim va hadisi shariflarga tayangan holda qalb salomatligi va pokligi inson hayotining bosh mezoni ekanini bayon etib, turkiy xalqlarni bog‘lab turgan umumma’naviy ildizlarga alohida urg‘u berdilar:

«Hazrat Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband va Sayyid Yahyo Bokuviy kabi buyuk zotlar ilgari surgan nafs tarbiyasi, insonparvarlik va yuksak axloq g‘oyalari bugun ham qardosh xalqlarimizni birlashtirib turuvchi mustahkam ma’naviy ko‘prikdir. Bunday ulug‘ siymolar merosini hamkorlikda o‘rganish xalqlarimizning ma’naviy birligini mustahkamlash va yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi».

Uch kunlik anjuman davomida O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi ham ma’ruzalar bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari