✅ Bugun, 26 iyul' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi bir guruh taniqli ulamolar peshin namoziga Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi masjidlarga tashrif buyurib, hudud mo'min-musulmonlariga ilmiy-ma'rifiy suhbatlar o'tkazishlari reja qilingan.
? Ulamolarimiz bugun peshin namoziga Urgut tumanidagi quyidagi masjidlarga borishlari ko'zda tutilgan:
? “Urgut markaziy” masjidiga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari;
? “Shayx Muhiddin ” masjidiga O'zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakili o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov;
? “G'ovsul A'zam” jomesiga Toshkent shahar “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq;
? “Beshkapa 1” jomesiga Toshkent shahar “Baland” masjidi imom-xatibi A'zamjon domla Ergashev;
? “Bog'ishamol” jomesiga Toshkent shahar “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon domla Begmatov;
? “Beshkapa-2” jomesiga Toshkent shahar “Islomobod” masjidi imom-xatibi Abdulloh domla Yuldoshev;
? "Mulla Bobomurod" jomesiga Toshkent shahar “To'xtaboy” masjidi imom-xatibi Zokirjon domla Sharifov;
? “G'ishtli” jomesiga Toshkent shahar “Dorul omon” masjidi imom-xatibi Abdulhamid Jumanov;
? “Bahrin” jomesiga Toshkent shahar “Ko'kcha Oqtepa” masjidi imom-xatibi Abdulloh G'ulomov;
? “G'oyib ota” jomesiga Toshkent shahar “Ali ibn Abu Tolib” masjidi imom-xatibi Fazliddin Allayorov;
? “G'uzni mahalla” jomesiga Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov;
? “Domla Qurbon” jomesiga Toshkent shahar “Usmon bin Ma'zun” masjidi imom-xatibi O'tkir domla Hakimov;
? “Yoqub Oxun” jomesiga Toshkent shahar “Beshqayrag'och” masjidi imom-xatibi Bilol qori domla ibn Sultonmurod;
? “Imom Hasan mahalla” jomesiga Toshkent shahar “Koh ota buzruk” masjidi imom-xatibi Abduhakim domla Pirnazarov;
? “Ipakli” jomesiga Toshkent viloyati “Abu Bakr Siddiq” masjidi imom-xatibi Nurali domla Mavlonov.
? Alloh taolo ulamolarimizning tashriflarini xayrli va manfaatli qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
#ULAMOLARNING_TAShRIFI #SAMARQAND
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Hazrat Tahonaviy rahmatullohi alayhmurid va yaqinlariga «safar qilsangiz va yukingiz sizga bepul olib ketishingizga ruxsat bergan miqdordan ortiq bo‘lsa, albatta, ortiqcha yukning haqqini ado eting va keyin safar qiling», deya ko‘rsatma berar edilar.
Bir kuni u kishi safar qilish uchun vokzalga yetib keldilar. Poyezd kelishiga yaqin qolgan edi. Hazrat yuklarini olib, yuklar tortiladigan joyga yetib keldilar va navbatga turdilar. Tasodifan poyezdda birga ketadigan konduktor u yerga keldi va hazratni tanib qoldi. Darhol: «Hazrat, siz bu yerda nega turibsiz?» deb so‘radi.
Hazrat: «Yukimni torttirish uchun kelganman», dedilar.
Konduktor: «Sizga yukingizni torttirishga zarurat yo‘q. Hech qanday muammo bo‘lmaydi. Men siz bilan birga poyezdda ketaman. Ortiqcha yuk uchun haq to‘lashingiz shart emas», dedi.
Hazrat: «Siz men bilan birga qayergacha borasiz?» deb so‘radilar.
Konduktor: «Falon bekatgacha boraman», dedi.
Hazrat: «Keyin u yog‘iga nima bo‘ladi?» deb so‘radilar. Konduktor: «U bekatda boshqa konduktor keladi. Men unga bu hazratning yuklari, deb aytib qo‘yaman», dedi.
Hazrat: «U konduktor men bilan birga qayergacha boradi?» deb so‘radilar.
Konduktor: «U uzoqqa ketadi. Undan ancha oldin sizning bekatingiz keladi», dedi.
Hazrat: «Yo‘q, men ancha uzoqqa ketaman, oxirat tarafga ketaman, qabrimga ketaman. Qaysi konduktor men bilan birga ketadi?» dedilar. Keyin: «Oxiratda mendan bir davlatga oid poyezdda yukning haqqini ado qilmay qilgan safaring va o‘g‘irliging hisobini ber degan talab bo‘lsa, u yerda qaysi konduktor menga yordam bera oladi?!» dedilar.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan