Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati 3 milliard dirham (taxminan 817 million dollar) miqdoridagi mablag' bilan fazo sektorini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash uchun fond tashkil etdi. Bu haqda BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol-Nahayonga asoslanib mahalliy WAM axborot agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, BAA rahbari, zamonaviy radiolokatsion “Sirb” nomli sun'iy yo'ldoshlarni rivojlantirish bo'yicha yangi milliy dasturning ishga tushirilishini e'lon qildi (“Sirb” – arab tilidan tarjimada to'da, g'uj ma'nosini bildiradi).
Uning ta'kidlashicha, mamlakat "innovatsion echimlarni topish va ushbu o'ta muhim sohani rivojlantirish uchun o'z kadrlarini tayyorlash sohasida ishlashni davom ettiradi".
BAA 2020 yil iyul' oyida Marsga “al-Amal” sayyoralararo stantsiyasini yubordi, shu yil 9 fevral' kuni ushbu stantsiya Mars sayyorasi orbitasiga etib bordi. Missiyaning maqsadi Marsning atmosferasi va iqlim sharoitlarini, shuningdek, Yerdagi yil va fasllardan deyarli ikki baravar uzoq davom etadigan Mars yili va fasllarining almashishini o'rganishdir.
Bundan tashqari, 2022 yilda mamlakat Yerning tabiiy sun'iy yo'ldoshi bo'lgan Oyning ilgari tadqiq qilinmagan joylarini o'rganish uchun oy modulini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi TASS.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.
Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
Ma’lumot o‘rnida: Ze Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.
Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.