O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:18 Anons
01:00 Qatar Amiri Toshkentga keldi
01:31 Ikkita muhim kitob nashrdan chiqdi
02:29 Idora vakili xalqaro forumda ma'ruza bilan qatnashdi
03:12 Farg'ona va Horazmda masjidlarning yangi binolari foydalanishga topshirildi
04:17 Idoraning bo'lim mudiri “Ma'naviyat fidoyisi” ko'krak-nishoni bilan taqdirlandi
04:39 Oliy ma'hadda Halqaro Arab tili kuni keng nishonlandi
05:17 Diniy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida ma'rifiy musobaqalar o'tkazildi
05:53 Bosh imom-xatib xayriya ishlariga bosh bo'ldi
06:25 Ka'bai muazzamani ta'mirlash ishlari boshlandi
06:50 “Ma'rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida davriy nashrlar targ'iboti davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.
Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.
Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.
G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati