Ayni kunlarda Makka shahrida toat-ibodatda bo'lib turgan hojilarimiz bilan ma'rifiy suhbatlar o'tkazilmoqda.
Ana shunday mazmunli uchrashuv Jizzax viloyatining 8 ta (1-8) guruhidagi 400 ga yaqin ziyoratchi uchun tashkil etildi. Unda hojilik maqomi va unga munosib bo'lish kabi mav'izalar bilan birga yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar mazmun-mohiyati, ularning barchasi inson qadri uchun amalga oshirilayotgani, hojilarimiz Vatanga qaytgandan so'ng mahallalar hayotida faol ishtirok etishi, o'zi yashayotgan joyda odamlarga namuna bo'lishi, yoshlarga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatishi, notinch bo'lib turgan oilalarga sog'lom muhitni olib kirishi, bir so'z bilan aytganda, ezgulik targ'ibotchisi, mahalla faoli va suyanchi bo'lishi lozimligi ta'kidlandi.
Suhbat davomida hojilar ham so'z olib “Haj – 2022” mavsumi juda go'zal bo'lgani, ishchi guruhi, ellikboshilar yuqori darajada xizmat ko'rsatishgani e'tirof etilib, buning uchun Yurtboshimiz va mutasaddilarga minnatdorchilik izhor etishdi. Shuningdek, diyorga qaytgach, odamlarni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarishda faol bo'lishlarini ta'kidlashdi. Yakunda xayrli duolar qilindi.
Eslatib o'tamiz, ziyoratchilarimizning yurtga qaytib kelishlari 4 avgustga qadar davom etadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
#Haj2022
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Ramazon oyining muborak kunlarida Samarqand viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining viloyat filiali hamkorligida viloyatning turli hududlarida istiqomat qilib kelayotgan 200 nafar kam ta’minlangan va 150 nafar nogironligi bor shaxslar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali tomonidan ehtiyojmand yurtdoshlarimizga hadyalar taqdim qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati