Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Muvaffaqiyat omillari

22.12.2023   2110   2 min.
Muvaffaqiyat omillari

 

Insonda g'ayrat, shijoat, kuch-quvvat bor. Lekin bular muvaffaqiyatga etarli darajada erishishga kifoya qilmaydi.

Quyida qizlarimiz nimalarga e'tibor qilishlari kerakligi haqida bir necha

tavsiyalar berib o'tamiz:

  1. Ota-ona duosi. Har bir ishni boshlashingizda oila boshliqlari bilan maslahatlashib, ularning roziligi, duolari bilan harakat qilsangiz, yutuqqa erishasiz, inshoalloh. Shu bilan birga har qanday holatda ham ota-onangiz xizmatini qilib, roziliklarini topishga intilsangiz, ishlaringizda rivoj, hayotingizda barakot bo'ladi. Har kuni ularning duolarini olishga odatlaning.

Qaynota-qaynona duosi. Turmushga chiqqan qizlarimiz jufti halolining

ota-onasini, ya'ni qaynota-qaynonasini o'z ota-onasidek ko'rib, ularning duolarini olishga g'ayratli bo'lmog'i lozim. Zero, yoshi ulug'lardan duo olishda hikmat ko'p.

  1. Vaqtni to'g'ri taqsimlash. Yoshlar ko'p narsaga e'tibor qilib, birdaniga hamma narsaga erishishni istaydi, o'zini goh unga, goh bunga uradi. Ammo diqqatni asosiy narsalarga qaratmaslik, bir ishni boshlab, oxiriga etkazmaslik oqibatida muvaffaqiyatga erisha olmay qolish hollari ko'p uchraydi. Vaqtni to'g'ri taqsim qiling. O'zingiz uchun muhim bo'lgan ishlarni belgilab, toqatingizga ko'ra kunlik, haftalik, oylik, yillik reja tuzib oling. Asosiysi, oz bo'lsa-da, davomli bo'lgan amal sevimli ekanini unutmang. Shunda sunnatga muvofiq ish qilgan bo'lasiz.
  2. Kattalarning tajribasidan foydalanish. Bir inson hayoti o'rtacha oltmish-etmish yil bo'lishi mumkin. Bu vaqt har bir ishni tajriba qilib ko'rishga juda kamlik qiladi. Biroq bizda yuzlab, minglab odamlarning tajribasidan foydalanish imkoni bor. Buning uchun kitoblar, ustozlar va yaqinlar ko'mak beradi. Biror ishni boshlashdan oldin shu sohadagi ilmlarni o'rganing, o'zingizga ustoz tuting, mutaxassislar va so'zi olinadigan yaqinlar bilan maslahatlashing.
  3. Duo. Har bir ishga astoydil kirishish barobarida Alloh taologa duo bilan yuzlaning, U Zotdan oson qilishini so'rang.

Ishlaringizda istixora qiling – xayrlisini so'rab namoz o'qing.

Yuqorida aytilganidek, ota-onaning duosini olish juda muhimdir. Shu bilan birga ustozlar, fazilatli insonlarning duosini olish ham tavsiya etiladi.

 

Akbarali QOBUL o'g'li,
Mirzo Ulug'bek tumani bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti Qur’on musobaqasi g‘oliblariga 7 mln so‘mgacha pul mukofoti va qimmatbaho sovrinlar topshirildi

25.11.2026   749   3 min.
Toshkent islom instituti Qur’on musobaqasi g‘oliblariga 7 mln so‘mgacha pul mukofoti va qimmatbaho sovrinlar topshirildi

24 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida «Qur’on va qiroat ilmlari» fan oyligi doirasida an’anaviy Qur’oni karim musobaqasining final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, rais o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Muhammad Olim domla Muhammadsiddiqov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, «Qur’on ilmlari» kafedrasi ustozlari, taniqli qorilar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Musobaqani ochib bergan Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov yurtimizda Qur’on ilmlarini o‘rganish borasida salmoqli yutuqlarga erishilayotgani, xususan, joriy yilda ma’had tarixida ilk bor «Tafsir va Qur’on ilmlari» bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi ochilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov yig‘ilganlarni Muftiy hazratlari va idora rahbariyati nomidan tabrikladi. U yurtimizda qorilarning son va sifat jihatidan yuksalib borayotgani, buning samarasi Ramazon oyidagi xatmi Qur’onlarda yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etib, mazkur musobaqa mohir qorilarni saralash va yoshlarni yuksak qorilik maqomiga rag‘batlantirishga xizmat qilishini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov davlatimiz rahbari tomonidan Qur’on ahli va hofizi kalomlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor hamda moddiy-ma’naviy rag‘bat xususida to‘xtalib, ma’had sovg‘alaridan tashqari Muftiy hazratlari nomlaridan ham qo‘shimcha munosib mukofotlar ajratilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammad Olim domla Muhammadsiddiqov kelgusi yildan 10 ta o‘rta maxsus va 4 ta oliy diniy ta’lim muassasasi o‘rtasida Qur’on musobaqalarini keng miqyosda qayta jonlantirish rejalashtirilayotganini aytib, ustozlar oldida xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan mohir qorilarni tayyorlash vazifasi turganiga urg‘u berdi.

Bu yilgi musobaqaning muhim yangiligi sifatida tilovat yo‘nalishida ilk bor modul ta’lim tizimida tahsil olayotgan imom va noiblar ham qatnashdi. Bellashuvda ishtirokchilarning Qur’oni karimni yoddan o‘qishi, tajvid qoidalariga rioya etishi, oyatlarni tajvidiy tahlil qilishi hamda ovoz va tarannum mahorati sinovdan o‘tkazildi.

Ishtirokchilarning chiqishlarini «Qur’on ilmlari» kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov raisligidagi, tajribali ustozlar hamda misrlik Islom Abdulatiy qoridan iborat hakamlar hay’ati odilona baholab bordi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindor bo‘ldilar:

Hifz yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin: Abdulhay Hasanov (101-guruh talabasi) va Muhammad Amin Musayev (304-guruh talabasi);

2-o‘rin: Shukrulloh Abdullayev (404-guruh talabasi);

3-o‘rin: Biloliddin Ibrohimjonov (202-guruh talabasi).

Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha (modul ta’lim talabalari o‘rtasida):

1-o‘rin: Zohidjon Nomonov;

2-o‘rin: Abdulboqiy Ahmedov;

3-o‘rin: Biloliddin Qamardinov.

Har ikki yo‘nalish g‘oliblariga Muftiy hazratlari nomlaridan: ▪️ 1-o‘rin uchun — 7 million so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun — 5 million so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun — 3 million so‘m pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, ma’had va homiylar tomonidan g‘olib hamda sovrindorlarga iPad, planshet, changyutgich va sharbat chiqargich kabi qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Ushbu musobaqa iqtidorli qorilarni kashf etish, yoshlarda Kalomullohga muhabbatni oshirish hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan mohir hofizi Qur’onlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari