Ozor asli nima? Bu illat haqida Qur'oni karim va hadisi shariflarda nima deyilgan?
Hadisda “Qarzni to'lashga qodir bo'la turib, uni kechiktirish – zulmdir” deyiladi. Shu hadisni kengroq sharhlab bersangiz. (Ustalar haqqini kechiktirish ham zulm ekani, hadisda ustani terisi qo'rimasdan turib haqqi berilishi kabi masalalar ham bayon qilinadi).
Tuhmat, g'iybat qilish, haqoratlash ham aziyat berish hisoblanadi. Hozirgi kunda yoshlar o'rtasida shunday ozorlar uchrab turadi, shu haqida to'xtalib o'tsangiz?
Ozorni, zulmni tark etishda nimalarga e'tibor berish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.
Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi
G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati