Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

O'zbekistonning tarixiy merosi Germaniya OAV nigohida

19.07.2022   2114   2 min.
O'zbekistonning tarixiy merosi Germaniya OAV nigohida

Germaniyaning «Berliner Zeitung» gazetasida O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishning afzalliklariga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Unda bugungi kunda O'zbekiston poytaxtidan respublikaning go'zal tarixiy shaharlariga qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Ipak yo'li yo'nalishlari bo'ylab sayohat qilish mumkinligi ta'kidlangan. Shuningdek, Samarqand shahridagi yangi aeroport bir necha oy oldin ish boshlagani haqidagi ma'lumot o'quvchilar e'tiboriga havola qilingan.

Muallifning yozishicha, Toshkent me'moriy jihatdan O'rta asr yodgorliklari, zamonaviy ko'p qavatli binolari va sobiq ittifoq me'morchiligi an'analari uyg'unligi bilan hayratga soladi.

«Toshkentdan mamlakat bo'ylab sayohatchilar nafaqat ravon avtomobil' yo'llari, balki poyezdda ham sayohat qilishi mumkin, — deyiladi maqolada. – Yilning barcha fasllarida ertalab va kechqurun Toshkentning bosh vokzalidan Buxoro va Samarqand yo'nalishiga qulay tezyurar “Afrosiyob” poyezdi qatnaydi. Maksimal tezligi 230 km/soat bo'lgan ushbu poyezd Buxorogacha bo'lgan 600 km yo'lni uch soatu 40 daqiqada bosib o'tadi – bu aviaparvozdan ko'ra qulay va arzondir”.

Muallif Buxoro va Samarqand shaharlari Markaziy Osiyoning madaniy durdonalari hisoblanishini qayd etgan. “Buxoro shahri 1997 yilda 2500 yoshga to'ldi. Eski shahar markazida Buxoroning diqqatga sazovor joyi - 1127 yilda qurilgan Minorai Kalon joylashgan. Uning balandligi 47 metr, poydevori esa 10 metr, - deya qayd etadi manba. – Samarqand 2750 yildan beri mavjud bo'lib, ushbu shahar dunyodagi eng qadimiy maskanlardan biridir. Ushba qadimiy kent o'nlab bosqinchilardan omon qolgan va qator vayronagarchiliklarni boshdan o'tkazganiga qaramay, u ertaknamo ulug'vorligini yo'qotmagan”.

Maqolada qadimiy o'zbek shaharlarining tarixiy va me'moriy diqqatga sazovor joylari, turli tabiat manzaralari haqida batafsil ma'lumotmotlar o'rin olgan. Ular sayohatchilarda katta qiziqish uyg'otadi.

«Sayyoh sifatida qayerga bormang, xoh mehmon uylarida, xoh bozorlarda yoki shunchaki ko'chada mahalliy aholi bilan uchrashsangiz, siz ta'sirchan mehmondo'stlikni va iliqlikni his qilasiz», deb yozadi «Berliner Zeitung».

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   16336   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari