Rahmat tog'i
Allohga shukrki, dunyodagi barcha mo'min-musulmonlarga ikki yildan keyin xaj yo'llari ochildi. Shu ma'noda hajning farz amallaridan biri – Arofot tog'i haqida so'z yuritmoqchimiz.
Jabal ar-Rahma yoki Arafat tog'i Makkai mukarramaning sharqida taxminan 22 killometr masofada Makka va Toif o'rtasidagi yo'lda joylashgan. Minodan 10 km, Muzdalifadan esa 6 km uzoqlikda. Uning “Rahmat tog'i” deb nomlanishi Arafot kunida hojilarga tushadigan marhamat va barakalarni yaqinligi uchun.
Tog'ning nomlari
Rahmat tog'ining nomi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ma'lum bo'lmagan. U ko'plab nomlar bilan atalgan:
Arafa kuni Rahmat tog'ida turishning fazilati
Arafotda turish hajning eng ulug' ibodatlaridan biri bo'lib, usiz haj bo'lmaydi. Bu kunda Arafotda turishning fazilatlari haqida qo'yidigilar zikr qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh taolo bir bandani Arafot kunidan ko'ra tez-tez do'zaxdan ozod qilishi, duo qilishi so'ng farishtalarga maqtanib: «Bu odamlar nima istaydi?», deydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh huzurida Arafot kunidan yaxshiroq kun yo'q. Alloh taolo dunyo osmoniga (farishtalarga maqtanib) er ahli bilan faxrlanib aytadi: “Mening chang bosgan bandalarimga qarang! Mening rahmatimdan umidvor bo'lib, barcha joylardan keldilar. Va holanki ular mening azobimin ko'rmaganlar. Alloh taolo biror kunda Arafa kunidek bandani do'zaxdan ozod qiladigan kun yo'q, deydi”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deydi: “Va'da qilingan kun qiyomat kuni, mashhud kuni Arofot kunidir, Shohid juma kunidir”.
Ushbu hadisi sharifdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Alloh taolo barchalarmizni ushbu muqaddas joyda ibodat qilishni nasib etsin!
Obidxon domla Ikramov,
O'MI Namangan viloyat vakil o'rinbosari.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan imom-xatiblar va imom noiblari
uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan shu yil 6 martdan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatida tajvid darslarining navbatdagi amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
Xususan, shu yil 10 aprel kuni Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida hududdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid va qiroat ilmiga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi.
Mazkur tadbirda "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Buxoro va Samarqand ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati