Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Noyabr, 2025   |   17 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:42
Quyosh
07:03
Peshin
12:12
Asr
15:29
Shom
17:14
Xufton
18:29
Bismillah
08 Noyabr, 2025, 17 Jumadul avval, 1447

Qurbonlikka so'yiladigan hayvonlar (savol-javob)

06.07.2022   1740   3 min.
Qurbonlikka so'yiladigan hayvonlar (savol-javob)

– Qurbonlikka qanday hayvonlarni so'ysa bo'ladi?
– Qo'y, echki, sigir, tuya kabi tuyog'i yoriq hayvonlarni qurbonlikka so'yish durust.

– Tovuq, g'oz va otga o'xshash hayvonlardan qurbonlik qilsa bo'lmaydimi?
– Durust bo'lmaydi.

– Qo'y, echki necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Har biri bir kishi uchun kifoya qiladi.

– Sigir, tuya necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Bir kishidan to etti kishigacha.

– Yetti kishi jam bo'lib bir sigirni qurbonlik qilsalar, go'shtini qay tarzda bo'lib oladilar?
– Tarozi bilan o'lchab oladilar.

– Qurbonlikning terisi nima qilinadi?
– Faqirlarga beriladi yoki sotib puli sadaqa qilinadi.

– Terini masjid imomiga bersa bo'ladimi?
– Agar faqir bo'lsa, bersa bo'ladi.

– Qurbonlik qilgan kishi qurbonligining go'shtini nima qiladi?
– Faqirlarga ulashadi va ziyofat qiladi hamda o'zining oila a'zolariga ulashadi.

– Qurbonlikni kim bo'g'izlaydi?
– Qurbonlik qilgan kishi bo'g'izlashni yaxshi bilsa, o'zi bo'g'izlaydi, bilmasa, boshqa bir kishiga so'ydiradi, o'zi ustida duo qilib turadi.

– Qurbonlik qilinadigan qo'y yoki echki necha yoshli bo'lishi kerak?
– Bir yashar bo'lishi kerak.

– Olti oylik qo'yni qurbonlik qilsa, bo'ladimi?
– Agar o'sha qo'y semiz va jussasi bir yashar qo'yning jussasidek katta bo'lsa, durust bo'ladi.

– Qurbonlik bo'ladigan sigir va yo ho'kiz necha yashar bo'lmog'i kerak?
– Ikki yashar.

– Tuya necha yashar bo'lmog'i lozim?
– Besh yashar.

– Devona, qo'tir, qirchang'i, shoxsiz, axta qilingan hayvonlar qurbonlikka yaraydimi?
– Ha, yaraydi.

– Qanday hayvonlar qurbonlikka yaramaydi?
– Nihoyatda oriq, yurolmaydigan, oqsoq, qulog'ining yo dumining uchdan biridan ortiqrog'i kesik bo'lgan hayvonlar, bir yo ikki ko'zi ko'r, og'zida hech bir tishi qolmagan hayvonlar qurbonlikka yaramaydi.

– Qurbonlik uchun qaysi hayvonlar afzalroq?
– Oq yoki ko'k rangli katta shoxli, a'zosi salomat, semiz qo'chqor afzaldir.

«Ibodati islomiya» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi

07.11.2025   2138   1 min.
Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Saudiya Arabistonida xizmat safarida bo‘lib turgan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Makka shahridagi mehmonxonada ziyoratchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Ayni kunlarda bir guruh hamyurtlarimiz Makkai mukarrama ibodat va ziyoratlarni imonu ixlos, cheksiz baxt va shukronalik ila ado etishmoqda. Xususan, sunnati muakkada bo‘lgan umra amalini bajarib, endilikda Ka’batulloh tavofi, Harami sharifda kundalik va nafl namozlarni o‘qish, Arofot tog‘i, Mino va Muzdalifa vodiylari ziyorati kabi amallar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. 

Muloqotda umrachilarimiz barcha sharoitlar muhayyo qilingani, ayniqsa, mehmonxonaning yangi va har tomonlama shinamligi, 24 soatlik tartibda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, foye va xonalarning ozoda, keng va shinamligi kishining bahru dilini ochishi, taomlari ibodatga quvvat bo‘layotgani, malakali ishchi guruhi va tajribali shifokorlar tomonidan doimiy kuzatuv olib borilishini mamnuniyat ila izhor qilishdi.

Ziyoratchilar ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtiromdan ruhlanib, muhtaram Prezidentimizga samimiy tashakkurlarini yetkazishni soha rahbarlaridan iltimos qilishdi. 

Muloqotlar samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi