Indoneziyaning «iNews» mashhur ommaviy axborot vositalari saytida O'zbekistondagi ziyorat turizmining imkoniyatlari haqida turkum maqolalar e'lon qilindi", deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Habar qilinishicha, “Halqaro ziyorat turizmi haftaligi” 2022 yilning noyabr' oyida o'tkaziladi.
Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatidagi diniy turistik diqqatga sazovor joylarni ko'rishga sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan.
“Maqsad mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi salohiyatidan yanada unumli foydalanish hisoblanadi“, - O'zbekiston elchixonasi xodimi so'zlaridan iqtibos keltiradi nashr.
O'zbekiston jahon tsivilizatsiyasining eng muhim markazlaridan biri ekanligi alohida ta'kidlanadi. Shuning uchun Halqaro ziyorat turizm haftaligining faoliyati jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori e'tirofga sazovor bo'lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turistik oqimni oshirishga mo'ljallangan.
Halqaro ziyorat turizmi haftaligi turli tadbirlar, jumladan, O'zbekistonda chop etilgan taniqli olimlarning diniy kitoblari, qadimiy Qur'on ko'rgazmalari hamda qiziqarli esdalik sovg'alari bilan to'la bo'ladi. Halqaro haftalikda, masalan, Samarqandda xalqaro haftalikning rasmiy ochilishi, "O'zbekiston Islom merosi" konferentsiyasi, kuy va xalq qo'shiqlari festivali tadbirlarini har yili tashkil etish ham ko'zda tutilgan.
Buxoroda "Mir Arab madrasasi bitiruvchilari" forumi, "Zamonaviy Islom me'morchiligi" va "Islom xattotligi va dekorativ dizayn" ko'rgazmalari, "Islom iqtisodiyoti" mavzusida davra suhbati, milliy liboslar ko'rgazmasi, "Halol turizm" anjumani, "Halol taomlar" festivali o'tkaziladi", seminarlar, ilmiy-madaniy konferentsiyalar va ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi, deb yozmoqda «iNews».
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi sifatida Diniy idoraning “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi tomonidan o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari uchun silsilaviy onlayn darslar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Bugun, 16 iyul kuni navbatdagi masofaviy dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. «Zoom» platformasi orqali tashkil etilgan ushbu darsda bo‘lim boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ilmiy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
E’tiborli jihati, mazkur silsilaviy darslarda faol ishtirok etgan va dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tinglovchilarga kelgusida ushbu kitob bo‘yicha maxsus ijoza (ruxsatnoma) berilishi rejalashtirilgan.
Bu kabi tizimli darslar diyorimizda muqaddas Qur’on ilmlarini keng yoyish hamda ustoz va murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati