Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Hayit namozi o'qilmaydigan bo'ldi, bu borada O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi e'lon qilindi” degan mazmundagi yolg'on xabar(feyk)lar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar asossiz va haqiqatga mos kelmaydi.
Ushbu feyk xabar bundan bir yil avval pandemiya davrida 2021 yil iyul' oyida e'lon qilingan ma'lumotni qayta, ya'ni takroran tarqatilmoqda. Joriy yilda O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bunday fatvo chiqarmagan.
Ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish ko'rsatkichlarida o'zgarishlar bo'layotgan bo'lsa-da, lekin ommaviy tadbirlarni cheklash yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining qarori e'lon qilingani yo'q.
Ma'lumot uchun, 2022 yil 1 iyul' kuni Prezidentimiz “Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko'ra joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul' – shanba kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olinib, mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o'tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.
Qurbon hayiti namozini o'qish yuzasidan biror o'zgarish bo'ladigan bo'lsa, rasmiy nashrlarda e'lon qilinishini bildiramiz. Mo'min-musulmonlardan asossiz va haqiqatga to'g'ri kelmaydigan bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilamiz.
Aholi orasida asossiz va yolg'on xabar tarqatish Islom dini ko'rsatmasiga ko'ra, katta gunoh, qonunchilikda esa javobgarlikka omil ekanini eslatib o'tamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.
Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.
Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.
#yangilik
@quranuz_kanali