“Ixlos” lug'atda “tozalash” degan ma'noni anglatadi. Uning shar'iĭ istilohi borasida turli ta'riflar aĭtilgan. Eng chiroĭli ta'rifni Munoviĭ rahmatullohi alaĭh aĭtgan: “Ixlos qalb sofligini kirlantirgan amallardan xalos bŭlishdir. Kir qiluvchi har har qandaĭ amaldan xalos bŭlgan sof amalni xolis bajarilgan deĭiladi”.
Ixlos mŭmin inson hayëtida juda katta ahamiyat kasb etadigan fazilat hisoblanadi. Zero, ulug' zotlardan biri: “Amal ikki narsa bilan qabul bŭladi: xolis va solih bŭlsa”, degan.
Holis ixlos solih shariatda mavjud bŭlgan amal demakdir. Ixlos Alloh taolo tomonidan bandaga beriladigan ulkan mukofot va ne'matdir. Alloh taolo Zumar surasining ilk oyatlarida bundaĭ marhamat qiladi: “Bas, Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et. Ogoh bo'lingkim, xolis din Allohnikidir”.
Alloh taolo hadisi qudsiĭlardan birida: “Ixlos Mening sirlarimdan bir sirdir. O'z bandalarimdan kimni yaxshi ko'rgan bo'lsam, o'shaning qalbiga ixlosni joylaganman. Unga farishta tanish bo'lib, yoza olmaydi ham, shayton tanish bo'lib, buza olmaydi ham” degan.
Ma'ruf Karxiĭ rahmatullohi alaĭh nafsini koĭib: “Eĭ nafs! Holis bŭl, xalos bŭlasan”, der edi.
Bir solih inson ŭz birodariga bundaĭ deb ëzgan ekan: “Amalingda niyatingni xolis qil, shunda senga oz amal ham kifoya qiladi”.
O'tgan ulug'lar: “Kim ŭz ixlosida ixlosni kŭrsa, ixlosi ixlosga muhtoj bŭladi”, derdilar.
Ixlos haqida gap ketar ekan, haj ziyërati ham ushbu fazilat bilan chambarchas bog'liqdir. Alloh taolo bu haqda bundaĭ marhamat qiladi: “Haj va umrani Alloh uchun tugal ado eting (Baqara surasi, 196-oyat).
“...tugal ado eting”. Bir ishni tugal qilish uni barcha shartlari bilan buzuvchi va nuqsonga uchratuvchi narsalardan saqlashdir. Ya'ni, hajni farz, vojib, sunnat, mustahab va odoblariga amal qilgan holda harom, makruh va beadabliklardan xoli qilib bajaring, deganidir.
Mazkur oyatga kŭra, ulamolarimiz haj ëki umra amalini qilishga kirishgan kishiga ushbu harakatni oxiriga etkazib, tŭliq bajarishi vojib ekaniga ijmo qilganlar.
“...Alloh uchun...” oyati “Tafsiri Nasafiĭ”da quĭidagicha sharhlangan: “Haj va umraning shart va farzlarini tŭliq bajargan holda, kechiktirmaĭ, kamchiliksiz Alloh taoloning roziligi uchun bajaringlar”.
Hajni ixlos bilan bajarish lozimligi haqida hadislar bor. Abu Huraĭra roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Kim Alloh uchun haj qilsa, fahsh so'z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, onasidan tug'ilg andek gunohlardan pok bo'lgan holda qaytadi”, dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Muhaddislar bu hadis ixlosga targ'ib bŭlib, haj ëki umrani qasd qilgan kishi, avvalo, niyatini gŭzal, xolis Alloh uchun qilishi kerak bŭladi, deĭdilar.
Amalni xolis qilgandan keĭin ibodatning savobini ketkazib qŭyadigan ishlardan saqlanishi lozim. Amallarini riyë, sum'a va ujbdan ehtiyët qilishi kerak. Bu illatlar shaĭtonning eng kuchli qurollari bŭlib, misqollab ĭig'ilgan barcha savoblarni bir lahzada ĭŭqqa chiqarib yuboradi.
Alloma Muhammad Ali Tahonaviĭ rahmatullohi alaĭh ŭzining istilohlar haqida ëzgan mashhur asarida riyëni quĭidagicha ta'riflaĭdi: “Riyë yaxshilikni boshqalar kŭrsin uchun qilishdir. Unda xolis niyat va ixlos bŭlmaĭdi”.
Darhaqiqat, har bir ishimizda ixlos bŭlishi kerak. Usiz ish bitmaĭdi. Ixlos qilsak, maqsadlar hosil bŭladi. Ixlos sabab Alloh taolo ëmonliklardan xalos etadi. Zero, ulug' zotlar: “Ixlos – xalos” deb bejizga aĭtmaganlar.
“Va amallaringizni botil qilmangiz”(Muhammad surasi, 33-oyat). Yusuf ibn Husaĭn rahmatullohi alaĭh aĭtadi: “Inson zoti uchun dunëda ixlosdan kŭra qiĭinroq ish ĭŭqdir. Riyëni qalbimdan tag-tugi bilan qŭporib tashlashga harchand harakat qilmaĭin, u har safar yangi-yangi kŭrinishda ŭsib chiqayëtganga ŭxshardi”.
Davomi bor...
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ey aziz yoshlar!
Siz giyohvand moddaning quliga aylanish uchun dunyoga kelmagansiz.
Alloh sizni buyuk maqsadlar uchun yaratdi. Siz go‘zal orzular sari qadam tashlaydigan, ilm olish, Insoniyyatga xizmat qilish, ota-onangizning yuzini yorug‘ qilish uchun yaratilgansiz.
Sizni onangiz to‘qqiz oy bag‘rida ko‘tarib, tunlari uyqusiz qolib, ko‘z yosh to‘kib katta qilgani – bir kun kelib ko‘chalarda sarson bo‘lishingiz uchun emas.
Otangizning peshona teri, mashaqqati va umri – zahar tutatib o‘tirishingiz uchun emas.
Bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘ring...
Agar bugun siz qo‘lingizdagi giyohvand moddaga qarayotgan bo‘lsangiz, bir chetda onangiz sizning kelajagingiz haqida duo qilib o‘tirgandir. Agar siz gunohga qadam qo‘yayotgan bo‘lsangiz, otangiz sizni odamlar ichida hurmatli inson bo‘lsin deb mehnat qilayotgandir.
Siz buning uchun tug‘ilmadingiz!
Sizning qo‘lingizda kashfiyotlar kaliti bo‘lishi kerak edi, zahar emas.
Sizning tilingizda shukru zikr bo‘lishi kerak edi, dillarni og‘ritadigan gaplar emas.
Sizning qalbingizda orzu va maqsadlar bo‘lishi kerak edi, pushaymonlik emas.
Bugun sizni gunohga chorlayotgan "do‘stlar" qabrga siz bilan kirmaydi. Hisob-kitob kunida ham yoningizda turmaydi. Ammo qilgan amallaringiz siz bilan birga boradi.
Shuning uchun hali vaqt bor ekan, ortga qayting!
Bir dona tavba ba’zan yillar davom etgan gunohdan kuchli bo‘ladi.
Bir dona qat’iy qaror ba’zan butun hayotni o‘zgartirib yuboradi.
Ey yosh musulmon! Siz TikTok va Instagram lentasida adashib qoladigan, nafsining ortidan yuguradigan avlod emas, balki tarix yozadigan avlodsiz.
Siz ummatning umidi.
Siz ota-onangiz duosi.
Siz jonajon vataningizning ertangi umidisiz.
Siz ilm majlislarining bezagisiz.
O‘zingni arzon narsalarga sotib yubormang. Chunki Alloh sizni juda qimmat yaratgan.
Bir lahzalik kayf uchun bir umr afsus chekishga arzimaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q”.
Giyohvand moddaga berilgan inson ham o‘ziga ham boshqalarga ulkan zarardir.
Ulamolarimiz aytadilar: “Ma’siyatlarning boshlanishi shahvatdir, oxiri esa hasrat va nadomatdir”.
Bugun gunoh lazzatdek ko‘rinadi, ammo ertaga qalbni ezadigan pushaymonlikka aylanadi.
Ey yoshlar! Bir lahzalik lazzat uchun bir umr hasrat chekib qolmang. Giyohvandlik sizga baxt va erkinlik emas, qullik va pushaymonlik olib keladi. O‘zingizni ham, ota-onangizning umidlarini ham asrang!
Alloh barcha yoshlarimizni giyohvandlik, ichkilikbozlik va har bir yomon illatdan asrasin. Omin.
Nuriddin HAMRAQULOV,
Yakkasaroy tumani “Rahimjon hoji ota” jome masjidi imom noibi