Musulmon farzandi borki, umrida bir bor bo'lsa-da, Allohning uyi — Ka'batullohni tavof qilish orzusida yuradi. O'zbekistonlik ziyoratchilarning oxirgi guruhlari Madina ziyoratini yakunlab, sog'u salomat Makka shahriga etib kelmoqdalar. Baytullohni tavof qilib, umra amalini bajarmoqdalar.
Bu yil 12 ming nafardan ziyod hamyurtimiz Saudiya Arabistonining ikki muqaddas shahrida bo'lib, ayni kunlarda islomning beshinchi arkonini ado etishga puxta hozirlik ko'rmoqdalar.
Taniqli ulamolar, xususan Toshkent shahridagi "Hazrati Ali" jome masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Sharipov haj ibodati boshlanishi oldidan samarqandlik ziyoratchilar bilan haj manosiklari va muborak amal fazilati to'g'risida suhbat qildilar.

Sayyor xayriya tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida joylashgan nogiron shaxslar uchun mo‘ljallangan muruvvat uyiga 7,5 mln. so‘mlik gigiyena vositalari, hududdagi 100 ta ehtiyojmand oilaga 10 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi hadya qilindi.
"Vaqf" fondi Matbuot xizmati