Har bir ishni chiroĭli va mustahkam bajarilishida ilm va amalning ŭrni beqiyësdir. Ilm poĭdevor, amal esa ŭsha poĭdevor ustiga barpo qilinadigan binodir. Binoning pishiq va mustahkam bŭlishi uning asosi bŭlmish poĭdevorning tŭg'ri va mustahkam bŭlishiga bog'liq. Boshqacha qilib aĭtsak, ilm – daraxt, amal esa uning mevasidir.
“Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahllaridan so'ranglar”(Nahl surasi, 43-oyat).
Haqiqatda, bilmagan kishi sŭrab ŭrganishi kerak. Savol berishdan hech qachon uyalmasligi lozim. Zero, jaholat ham ma'naviĭ kasallikdir. Uning eng yaxshi davosi ŭrganish va savol berishdadir.
Jobir roziĭallohu anhudan rivoyat qilinadi: U zot aĭtadi: «Men Nabiĭ sollallohu alaĭhi vasallamni nahr kuni ulovlari tepasida tosh otayëtganlarini va “Haj amallaringizni (mendan) olinglar. Ehtimol, bu hajimdan keyin (boshqa) haj qila olmayman”, deëtganlarini kŭrdim» (Imom Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam haj ahkomlarini asosan ŭzlari bayën qilib berardilar. Gohida ilmga haris bŭlgan sahobalar tomonidan berilgan savollar bahonasida haj amallari qandaĭ ado etilishini tushuntirardilar. Sahobalarning ehrom libosi, hajji badal haqida sŭrovlari hadislarda vorid bŭlgan.
Haj inson ympida bir marta ado etadigan farz ibodatdir. Inson qancha mablag', vaqt, kych-qyvvat capflab hajga borsa-yu, amallarni notŭg'pi bajarca ëki qandaĭ bajarish ilmini bilmasa, hamma hapakatlari habata bŭlib ketishi mumkin. Shyning ychyn ziyëratga otlangan kishi, eng avvalo, haj ilmini yaxshilab ŭpganib olishi zarur. Haj haqida ëzilgan bipor kitobni ŭzi bilan olib borishi kerak. Hech bŭlmaganda, safarga borib kelguncha haj ilmini yaxshi biladigan kishining etagini mahkam tutishi lozim. Olimlar har bir ishda ilm va amalning ahamiyatini tushuntirish uchun bir misol keltiradilar.
Insonlar uzog'ini yaqin, og'irini engil qiluvchi turli-tuman zamonaviĭ jihozlarning ënida uni tŭg'ri qŭllash usullari, qonun-qoidalari ëzilgan kichik kitobchasi bŭladi. Bu kitobchada jihozga oid ma'lumotlar ëzilgan bŭladi. Kimda-kim uni kitobida ëzilgan qoidalariga muvofiq ishlatsa, jihoz unga uzoq vaqt xizmat qiladi va baraka topadi.
Jihozdan ŭzboshimchalik bilan foĭdalangan kishi esa ziyën kŭradi hamda tez kunda ishdan chiqib, kŭzlangan natija bermaĭdi. Uning egasi hasratda qoladi. Ammo nadomat qilgan bilan ish ŭnglanib qolmaĭdi. Qoidasiga muvofiq qilinmagan birgina harakat insonga moddiĭ va ma'naviĭ zarar keltirishi mumkin. Natijada buzilgan matohni ustaga kŭrsatishga ëki yangisini xarid qilishga ehtiyëj seziladi.
Shunga ŭxshash haj amali ham kitobiga muvofiq tarzda amalga oshirilsa, ŭz egasiga ikki dunë saodatini taqdim etadi. Aks holda, tijoratida kasodga uchragan savdogar kabi hasrat va ziyënda qoladi.
Davomi bor...
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
#Mustaqillikning 35 yilligi
Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi yaqinlashib, joylarda bayram shukuhi keza boshladi. Bundan dilda shukronalik hissi ortmoqda.
Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, bunday deganlar: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydi. Ular xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh ta’oloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan. Shunday ekan, tinchlikning qadriga yetib, uning shukrini ado etish insonning burchlaridandir. Zero, hayotning bir maromda davom etishi, Haq taolo buyurgan ishlar xotirjam ado etilishi uchun ham osoyishtalik lozim bo‘ladi. Alloh taolo ham: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” deya buyuradi (Baqara surasi, 208-oyat). Tinchlik, salimlik mavzusi o‘ta muhim bo‘lgani bois Qur’oni karim oyatlaridan o‘rin olgan. Zotan, arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” so‘zlari bir o‘zakdan chiqqan, turli ma’nodagi so‘zlar bo‘lsada, aynan bir maqsadga yo‘naltirilgandir.
Bandaga berilgan ne’matlarning qadriga yetishda va uni asrashda, bizga payg‘amlarlarning otasi bo‘lgan, Ibrohim alayhissalom o‘rnak bo‘lib kelgan. U zot o‘z davrida Makkaga tinchlik, uning ahliga rizq so‘ragani so‘zimizning yorqin misolidir: “Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” dedi” (Baqara surasi,126-oyat).
Alloh taolo bu orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘tgan payg‘ambarlar hayotidan xabardor qilish barobarida, ular so‘ragan narsalarni ham bildirib, shunga chaqirgan.
Bu ne’atlar bardavom bo‘lishi uchun ham insondan shukr va qadrlash talab etiladi. Tinchlik hukm surib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, muqaddas dinimiz buyuradigan ishlardan. Shunday ekan, inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zi yashab turgan, Alloh ne’mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne’matlari va boshqa barcha sharoitlariga shukr qilib, uni ziyoda bo‘lishini so‘rab duo qilishi lozim.
Bugun dunyoda tinchligi, xotirjamligini yo‘qotganlar qancha. Bularni ko‘rib, eshitib turganlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, o‘zlari uchun in’om qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlab, asrab avaylashi lozim.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj, hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arzli va manfur kimsalarning makrlariga uchmasdan, yosh avlodni ham ulardan xabardor qilib, islom ta’limotining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish har birimizning burchimizdir. Bu xususida Alloh taolo bunday degan: “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat).
Xulosa qiladigan bo‘lsak, dinimizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan e’tibori nechog‘lik katta, hamda bag‘rikenglik uning negizi ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson o‘zidagi ne’matning qadrini uning ustida mulohaza yuritish, shu ne’matdan o‘zgalar ham bahramand yoki bebahra ekanini o‘ylab ko‘rish bilan biladi. Bu esa Allohga yanada ko‘proq shukr qilishga undaydi.
Ne’matning bardavom bo‘lishi, uning shukri ado etilishiga ham bog‘liq. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab duo qilishlari shundan. Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror, bardavom, xalqimiz hayotini bundan-da farovon qilsin.
Isomiddin AHROROV