O'zbekiston elchixonasi O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va Malayziya Islom san'ati muzeyi bosh kuratori Heba Nael' Barakat o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Muloqot chog'ida Islom tsivilizatsiyasining boy madaniyati, san'ati va hujjatli merosini xalqaro miqyosda ommalashtirish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o'rtasida kollektsion nashrlar almashinuvi yo'lga qo'yildi. Shu nuqtai nazardan, muzeyda saqlanayotgan Amir Temur hayoti va ijodi haqida ko'chirilgan nashrlarning maxsus ko'rgazmasi, Sharifiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" kitobi miniatyuralarining faksimillari va O'zbekiston madaniy merosiga bag'ishlangan xalqaro media-forum tashkil etish rejalari muhokama qilindi.
Malayziya tomoni Markaziy Osiyo bilan bog'liq va Malayziyada saqlanayotgan qo'lyozma Qur'on bitiklari "Dunyoning 114 ta buyuk Qur'oni" loyihasida ishtirok etishga hamda Imom Al-Buxoriy hayoti va merosi haqida badiiy va hujjatli fil'mlar yaratish bo'yicha qo'shma loyihani ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.
Malayziya muzeyi fondida saqlanayotgan O'zbekiston moddiy va badiiy madaniyati buyumlari va ashyolarini inventarizatsiya qilish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirishning borishi alohida muhokama qilindi.
Natijada "Malayziya Islom san'ati muzeyi kollektsiyalarida O'zbekistonning madaniy merosi" maxsus kitob-al'bomini nashr etish va uni 22-24 iyul' kunlari bo'lib o'tadigan O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyatining VI Kongressi doirasida taqdim etish to'g'risida kelishuvga erishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati Asaka tumani "Xazrati Umar" jome masjidi imom xatibi Muhammadsobir domla Iminovning volidai mehribonlari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, Ulamolar kengashi a’zolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga xususan, Muhammadsobir domla Iminovga hamdardlik bildiradi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi