Asli iroqlik bo'lgan 52 yoshli Adam Muhammad hajni niyat qilib, 2021 yilning 1 avgustida Britaniyadan Saudiya Arabistoniga yo'lga chiqdi. U 10 oydan ko'proq vaqt mobaynida Germaniya, Bolgariya, Turkiya, Suriya va Iordaniya kabi bir qancha davlatlarni kezib, 6500 kilometrga yaqin masofani piyoda bosib o'tib, Makkaga etib keldi. Muhammad niyatiga etganidan behad mamnun.
“Bir kuni erta uyg'onib, hajga, Makkaga boraman, deya niyat qildim. Tavakkul qilib yo'lga otlandim. Allohga shukrki, maqsadimga etib, ayni haj mavsumida muborak Makkaga shahriga etib keldim. Sayohatim davomida ko'plab joylarda bo'lib, turli isonlar uchrashdim. Bu menga bir olam taassurot berdi”, deydi ziyoratchi.
Bu haqda islam.ru nashri ma'lum qilgan.
2025 yil 23 noyabr kuni Polsha Respublikasi, Varshava shahridagi “Raszyn” masjidida yurtdoshlarimiz bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov vatandoshlarimiz bilan suhbatlashdilar.
Suhbat davomida ustoz xususan hanafiy mazhabida mahkam turish, uzoq yurtda yashashlariga qaramay milliy an’ana va qadriyatlarimizni unutmaslik haqida ta’sirli fikrlar bildirdilar. Shuningdek, oila, qarindoshlar va vatan bilan bog‘liqlikni asrash har bir musulmon uchun muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kelgusida ham har qanday shubha yoki diniy savollar paydo bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Fatvo bo‘limiga Telegram: @fatvo_call_1 / @fatvo_call_2
WhatsApp: +998 91 780 66 33 murojaat qilish tavsiya etildi.
Suhbat nihoyasida ustoz Zayniddin domla barcha yig‘ilgan yurtdoshlar uchun baraka, tinchlik, imon-e’tiqod mustahkamligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati