Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Oktabr, 2025   |   23 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:16
Quyosh
06:35
Peshin
12:14
Asr
15:59
Shom
17:46
Xufton
18:58
Bismillah
15 Oktabr, 2025, 23 Rabi`us soni, 1447

Takbiri tashriq lafzi

02.07.2022   1496   3 min.
Takbiri tashriq lafzi

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Alloh taolo nazdida biror kun va u(kun)lardagi amal ushbu o'n kun (va ularda qilingan amal)dan afzal (va) Alloh azza va jallaga suyukli emas. Bas, u(kun)larda tahlil va takbirni ko'paytiringlar. Chunki, u(kun)lar tahlil, takbir va Alloh taologa zikr (aytiladigan) kunlardir va u(kunlar)dan bir kunining ro'zasi bir yilgi ro'zaga barobardir. U(kun)larda qilingan amal etti yuz barobarga barobar bo'ladi” (Durri mansur, Hitobotul ahkom).

Foyda: Ushbu hadisi sharifdan zul hijjaning dastlabki o'n kunida takbir va tahlilni ko'paytirish mahbub amal ekanligi bilinadi. Lekin, to'qqizinchi zul hijjaning bomdod namozidan to o'n uchinchi kunning asr namozigacha baland ovoz bilan bir marotaba takbir aytish zaruriydir.
عَنْ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ عَنْ عَلِيٍّ رضي الله عنه أَنَّهُ كَانَ يُكَبِّرُ بَعْدَ صَلاَةِ الْفَجْرِ يَوْمَ عَرَفَةَ إِلَى صَلاَةِ الْعَصْرِ مِنْ آخِرِ أَيَّامِ التَّشْرِيقِ ، وَيُكَبِّرُ بَعْدَ الْعَصْرِ.
Abu Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Ali Roziyallohu anhu arafa kuni bomdod namozidan keyin to oxirgi tashriq kunining asr namozigacha va asr namozidan keyin ham takbir aytar edilar” (Musannafi Abu Shayba).
عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه قَالَ كَانَ النَّبِىُّ صلى الله عليه وسلم يُكَبِّرُ يَوْمَ عَرَفَةَ صَلاَةَ الْغَدَاةِ إِلَى صَلاَةِ الْعَصْرِ آخِرِ أَيَّامِ التَّشْرِيقِ.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam arafa kuni bomdod namozidan keyin to oxirgi tashriq kunining asr namozigacha takbir aytar edilar” (Bayhaqiy rivoyati).

Masala: Muqim kishi zulhijjaning to'qqizinchi kuni bomdod namozidan, o'n uchinchi kunining asr namozigacha jamoat bilan, takbiri tashriqni bir marotaba aytishi vojibdir. Ammo musofir, yolg'iz namoz o'quvchi va ayollarga vojib emas. Lekin bularningi barchasi takbiri tashriqni aytishlari vojib degan ulamolar ham mavjud. Shuning uchun yuqoridagilar ham takbiri tashriqni aytishlari yaxshidir.

Takbiri tashriq lafzlari quyidagilar:
وَهُوَ اللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ وَاَللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ وَلِلَّهِ الْحَمْدُ.
Takbiri tashriq lafzi: “Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illollohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd” (Bahrur roiq).
Ma'nosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o'zga iloh yo'qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va ham Alloh taolo uchundir.

❗️Tashriq kunlarida qoldirgan namozini qazosini ado qilayotgan paytda, salomdan keyin takbir aytishligi lozim.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Yalla, ya hajji” nima degani?

14.10.2025   4636   1 min.
“Yalla, ya hajji” nima degani?

Yalla, ya hajji” – Makkadagi Masjidul Haram xodimlari tomonidan ko‘p ishlatiladigan ibora bo‘lib, “ey hoji, yuring” degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z ikki qismdan iborat:

  • Yalla (يلا) – “keling”, “yuring”, “harakatlaning” ma’nosida;
  • Ya hajji (حاجّ يا ) – “ey hoji” degani.

Shuning uchun, xodimlar “yalla, ya hajji” desa, “ey hoji, yuring!” yoki “hojilar, harakatlaninglar!” deyayotgan bo‘ladi.

Bu iborani asosan Masjidul Haramdagi xavfsizlik xodimlari odamlar oqimini boshqarish, tig‘izlikning oldini olish va ziyoratchilarning harakat ravonligini ta’minlash uchun qo‘llaydilar. Har kuni millionlab ziyoratchilar yig‘iladigan ushbu muqaddas maskanda harakatni muvofiqlashtirish juda muhim hisoblanadi.

Xavfsizlik xodimlari ba’zan “Yalla, hajji, tariyq!” deb ham murojaat qiladi. Bunisi “hoji, yuring, yo‘l bering!” degan ma’noni anglatadi. “Tariyq” (طريق) so‘zi “yo‘l” yoki “yo‘l bering” ma’nosida qo‘llanadi.

Haj va umra safarlariga borayotgan ziyoratchilar uchun arabchadagi ayrim iboralarni bilib olish juda foydali. Bu nafaqat xavfsizlik xodimlarining ko‘rsatmalariga to‘g‘ri amal qilishga yordam beradi, balki harakat jarayonidagi tartibni ham ta’minlaydi.

“Yalla hajji” – bu oddiy so‘z emas, balki Makkadagi tartib va hamjihatlik ramzidir. U hojilarni bir yo‘nalishda harakatlantirish, ularning xavfsizligini ta’minlash va ibodat muhitini osoyishta saqlash uchun qo‘llaniladigan iboradir.

T.Azimov