Kuni kecha O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri Salohiddin domla Sherxonov 2022-2023 o'quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etilishi hamda uning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Hadis ilmi maktabi va “Hoja Buxoriy” o'rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Salohiddin domla Sherxonov qabul jarayoni bilan bog'liq tashkiliy ishlar bilan tanishdi, abiturentlar bilan suhbatlashdi. Yakunda qabul hay'ati a'zolari bilan uchrashib, o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Ma'lumki, joriy yildan oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari qabul jarayonida abituriyentlar bevosita ta'lim muassasasiga kelgan holda hujjatlarining oflayn shaklda topshirishi joriy etildi.
Bu yilgi qabul jarayonlari har yilgidan ko'ra yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Jumladan, qabul jarayonlarini namunali tashkil etish va qabul imtihonlarini shaffof, ochiq va oshkora o'tkazish maqsadida qabul hay'ati va yordamchi ishchi guruh tuzilgan, zarur texnik vositalar bilan jihozlangan maxsus joy ajratildi.
Diniy ta'lim muassasalari binosida abituriyentlar uchun qabul jarayonlari bo'yicha stendlar tashkil etildi. Ularda abituriyentlarni o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom, ta'lim muassasasi to'g'risidagi ma'lumot, abituriyentlar tomonidan topshiradigan hujjatlar ro'yxati, kirish imtihoni fanlari va qabul jarayonlariga oid boshqa ma'lumotlar infografika shaklida joylashtirilgan.
Shuningdek, 2022-2023 o'quv yili uchun qabul jarayonlari bo'yicha abituriyentlar va ularning yaqinlarining qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini ta'minlash maqsadida «Koll markaz» tashkil etilgan.
Bundan tashqari, binolar kirish qismida o'rnatilgan infokiosklar orqali abituriyentlar uchun Qabul jarayonlariga oid yangiliklar, ta'lim muassasasi va undagi o'quv jarayonlari to'g'risidagi to'liq ma'lumotlar o'zida qamab olgan videorolik hamda taqdimot slaydlari namoyishi tashkil etilgan.
Uzoq hududlardan abituriyentlarga hamroh bo'lib kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari uchun abituriyent hujjatlarini topshirgunga qadar kutib turishlari uchun havo sovutgich, televizor o'rnatilgan hamda salqin ichimlik bilan ta'minlangan erkak va ayollarga alohida kutish xonalari tayyorlangan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.