Sayt test holatida ishlamoqda!
25 May, 2026   |   7 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:20
Bismillah
25 May, 2026, 7 Zulhijja, 1447

Dinda savolim bor: Qulog'i qaychida ozroq qirqilib, belgi qilingan qo'yni qurbonlikka so'ysa bo'ladimi?

30.06.2022   2067   3 min.
Dinda savolim bor: Qulog'i qaychida ozroq qirqilib, belgi qilingan qo'yni qurbonlikka so'ysa bo'ladimi?

— Biz tomonlarda qurbonlik uchun so'yiladigan qo'y dalaga qo'yib yuborilganda adashib ketmaslik uchun qulog'i qaychida ozroq qirqilib, belgi qilinadi. Lekin eshitishimcha, bunday qilish shariatimizda mumkin emasmish va bu qo'ylar qurbonlikka o'tmasmish... Shunga oydinlik kiritib bersangiz?

— Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni ko'z va qulog'ini yaxshilab ko'rib olishimizga, g'ilayni, muqobalani, mudobarani, xarqoni va sharqoni qurbonlik qilmasligimizga amr qildilar. Men:Muqobala nima?dedim.“Qulog'ining bir tomoni kesilgan”, dedilar. “Mudobara nima?” dedim.“Qulog'ining uchi kesilgan”, dedilar. “Sharqo nima?” dedim.“Qulog'i yorilgan”,dedilar.“Harqo nima?” dedim. “Qulog'i belgi uchun yirtilgan”,dedilar(Sunan egalari rivoyat qilgan).

So'yiladigan jonivorning sog'lom bo'lishidan quyidagi hikmatlar ko'zda tutilgan:

Musulmonlarning Allohga nisbatan yuksak odoblari. Qurbonlik Alloh taologa atab qilingani uchun uni sog'-salomat, hech bir nuqsonsiz bo'lishiga urinish Alloh taologa nisbatan yuksak odobni ko'rsatadi. Qurbonlikning go'shti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emasligi va etmasligi aniq. U zotga faqat taqvo etadi, xolos. Go'shti va qoni etmasa ham, qurbonlik qilinadigan hayvonning aybu nuqsonsizini topish esa taqvoning barkamolligi uchun urinishdir.

Kambag'allarning ko'ngillarini ko'tarish. Ularga yaroqsiz bo'lib qolgan, nuqsonli hayvonlar go'shtini emas, eng afzal hayvonlar go'shtini sovg'a qilish yaxshi ish. Bunda kambag'allarning ko'ngillari ko'tariladi. O'zlarini muhtaram kishilar sifatida his etadilar.

 

— Mening bir bosh qo'zichog'imni cho'pon boqib yurganida, bir ko'ziga tosh tegib, oqib tushdi. Shu qo'zichoq sog' qolsa, so'yib ehson qilsa bo'ladi-mi?

— Savob umidida go'shtini tarqatish, u bilan beva bechoralarni holidan xabar olish uchun, albatta bo'ladi. Ammo ibodat hisoblangan qurbonlik kabi amallar uchun joiz bo'lmaydi. Qurbonlik hayvonini barcha a'zolari salomat bo'lishi shart qilingan.

 Muhammad Ayyub domla Homidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

25.05.2026   1111   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

2026 yilning 25 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti jamoasi uchun quvonchli voqea yuz berdi. Institut Kengashining yig‘ilishida rektor Uyg‘un G‘afurov tomonidan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi, islomshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayevga Fiqh, kalom ilmi (Ilohiyot) ixtisosligi bo‘yicha dots.nt ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.


Ma’murjon Erkayev 2005 yilda Toshkent islom institutini, so‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Olim 2024 yilda “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari” mavzusidagi dissertatsiyasini yuksak saviyada himoya qilgan edi. Jonkuyar pedagog sifatida u so‘nggi uch yilda “Faroiz ilmi” va “Fiqh ilmiga kirish” o‘quv qo‘llanmalari hamda “Hidoyatul muhtor” asarini nashr ettirdi, shuningdek, mahalliy va xalqaro jurnallarda o‘nlab ilmiy maqolalari e’lon qilindi.


Muhtaram ustozni ushbu yuksak ilmiy unvon va e’tirof bilan muborakbod etib, ularning ilm yo‘lidagi xayrli izlanishlariga zafarlar va kuch-quvvat tilab qoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari