Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Oktabr, 2025   |   24 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:36
Peshin
12:14
Asr
15:58
Shom
17:45
Xufton
18:57
Bismillah
16 Oktabr, 2025, 24 Rabi`us soni, 1447

Saudiya Arabistoni ekologik toza hajga intilmoqda

29.06.2022   1207   1 min.
Saudiya Arabistoni ekologik toza hajga intilmoqda

Butun dunyodan yuz minglab musulmonlar hajga kelar ekan, Saudiya hukumati Makkaga yillik haj doirasida ekologik muammolarni hal qilishga harakat qilmoqda.
"Atrofda hech qanday chiqindilar yo'q. Chunki ziyoratchilar o'z ovqatlarini yoki atrof-muhitga zarar etkazadigan boshqa materiallarni olib kelishlari mumkin emas. Bu joriy yildagi hajni chiqindisiz o'tkazishga xizmat qiladi", – dedi ziyoratchilarga yordam beradigan ko'ngillilardan biri.
"Islomda poklik imonning bir qismidir. Shu bois biz gigiyena va tozalikka ustuvor ahamiyat berib, atrof-muhitga g'amxo'rlik qilishga harakat qilamiz. Haj kunlari atrof-muhitni ifloslanishi oldini olish maqsadida har bir chodir va xonaning tozaligini kuzatadigan ko'plab xodimlar jalb etildi. Shu bilan birga turli joylarga axlat uchun ekologik toza idishlar tarqatildi", – deydi ko'ngilli.
Islam.ru xabariga ko'ra, atrof-muhit tozaligini hisobga olgan holda, Qirollikning rasmiy vakillari ziyoratchilarni oziq-ovqat chiqindilaridan qochish, qayta ishlatiladigan suv idishlaridan foydalanish, axlat va qayta ishlanadigan xomashyolarni ajratishga chaqirdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyor yig‘ilish – xalq bilan muloqot, qalb bilan yaqinlik

15.10.2025   1601   3 min.
Sayyor yig‘ilish – xalq bilan muloqot, qalb bilan yaqinlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi hamda yillik ish rejasi doirasida Samarqand tumanida ma’naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, sayyor tadbirlarni mazmunli va samarali o‘tkazish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. U kishi har bir imom-xatib va mas’ul shaxslarga aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardi va ehtiyojlarini eshitish hamda imkoniyatdan kelib chiqib joyida hal etish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Xayrullo domla “Xo‘ja Ahrori Vali” jome masjidi imom-noibi Umar domla Najmiddinov hamrohligida tumanning Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, bemor va nogironligi bor oilalar xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Tashriflar davomida har bir xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berildi, samimiy muloqot va ezgu duolar orqali muhabbat va minnatdorlik ruhi hukm surdi.

Shuningdek, viloyat ishchi guruhi Samarqand tumanidagi 6 ta masjidda peshin namozini jamoat bilan ado etib, quyidagi yo‘nalishlarda ta’sirli ma’ruzalar qildi:

  • Tinchlik va osoyishtalikning beqiyos qadri
  • Farzand tarbiyasi – buyuk burch va mas’uliyat
  • Yoshlar – kelajak timsoli va umid sutuni
  • Berilgan ne’matlarga shukrona qilish fazilati
  • Oilaviy totuvlik va birdamlikni asrash
  • Chetdan kirib kelayotgan yot g‘oyalarga aldanmaslik
  • Qo‘shnichilik munosabatlari va ularning odoblari

Shu kuni Xayrullo domla Sattarov “Xo‘ja Ahrori Vali” jome masjidida “Eng yaxshi inson kim?” mavzusida yuraklarga nur va ruhlarga ilhom bag‘ishlagan ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ham ishtirok etdi.
Zayniddin domla o‘z so‘zida imom-xatiblar va mahalla faollariga xalq bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, masjidlarni xalq hayotining ma’naviy markaziga aylantirish hamda xayr-ehson va saxovat ishlarini izchil davom ettirish zarurligini alohida ta’kidladi.
U kishi:

“Xalq bilan birdam bo‘lish, ularning dardiga sherik bo‘lish — bu faqat imomning burchi emas, balki butun jamoatning ma’naviy mas’uliyatidir,” — deya fikr bildirdi.

Shuningdek, Zayniddin domla tomonidan Samarqand tumanidagi 16 mahallaning ijtimoiy ahvoli, aholining ehtiyojlari va muammolarini chuqur o‘rganish, masjid hujjatlarini namunaviy yuritish, obodonchilik ishlarini kuchaytirish hamda jamoat bilan muloqot samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.

Yig‘ilish so‘ngida rahbarlar va ishtirokchilar yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi va yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan xayrli ishlarga zafarlar tilab, birgalikda duo qildilar.

Bu sayyor yig‘ilish nafaqat amaliy yordam, balki Samarqand ahli uchun ma’naviy ko‘tarinkilik, birdamlik va kelajakka ishonch ruhini uyg‘otgan yodda qolarli kun bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari