Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Minnat – savoblarni yo'q qiluvchi illat

29.06.2022   1667   3 min.
Minnat – savoblarni yo'q qiluvchi illat

Bizni yo'qdan bor qilib O'zigagina ibodat qilishimizga tavfiq bergan, oxirzamon Payg'ambariga ummat qilib qo'ygan Alloh taologa bitmas tuganmas hamd-sanolar va janobi Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bo'lsin.

Masjid qurish, uni obod etish, namoz o'quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar qilish ulkan savobli, fazilatli amallardan, inson vafotidan keyin ham to'xtamay savobi yozilib turadigan sadaqai joriyalardandir.

Alloh taolo Qur'oni karimning “Tavba” surasida bunday marhamat qiladi: "Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni to'kis ado etgan, zakotni (haqdorlarga) ato qilgan va yolg'iz Allohdangina qo'rqadigan zotlargina obod qilurlar. Ana o'shalar hidoyat topuvchi zotlar bo'lsalar, ajabmas" (18-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim Alloh rizosini istab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga bir uy qurib beradi”(Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyati).

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Alloh uchun kaklik uyidek bo'lsa-da, masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda bir ko'shk barpo qiladi", deganlar.

Kaklik uyasi kabi deyilishligidan maqsad hatto bir namozxon uchun sharoit qilib bergan odam nazarda tutiladi. Demak, bir namozxonga namoz o'qishi uchun qulaylik qilib bersak buning savobi Allohning nazdida nihoyatda ulug', Jannatda o'sha inson uchun hatto oltindan qasr barpo qilinar ekan.

Ammo shu qurilgan masjidga homiylik qilgan inson uni minnat qilsachi, unga berilgan savob va jannatda quriladigan qasr nima bo'ladi shu xaqda o'ylab ko'rgansizmi?

Qaysidir inson sadaqai joriya qilsa, masjid, madrasa, maktab yo yo'l, ko'prik qurib yoki kimgadir yaxshilik qilsa uning ortidan shu qilgan ishi va amalini minnat qilsachi? Uning tavbasi qabul bo'ladimi?

Gunohlarni kechiruvchi Alloh taolo bunday bandalarning ham tavbalarini albatta qabul qiladi, lekin qilgan ishlarining savobi ketadi, sarflagan mablag'lari va mehnatlari behuda, hammasi kuyib kul bo'ladi. Eng yomoni qilgan ishi riyo bo'lgani uchun gunohkor bo'lib qoladi.

Shunday ekan, kimki xayr-saxovat yoki sadaqai joriya qiladigan bo'lsa faqat va faqat chin ixlos bilan Allohning roziligi uchun bajarsin. Alloh taolo kimdandir yuz o'girsa o'sha bandani mol-mulkka, qilgan ishlariga mubtalo qilib qo'yadi. Mana shunday yomon oqibatlardan Alloh taolo barchamizni O'zi asrasin!

 

Davronbek MAMBYeTOV,

Ellikqal'a tumani "Safo" jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh kimni diniga xizmatchi qilgan bo‘lsa....

11.07.2025   6173   1 min.
Alloh kimni diniga xizmatchi qilgan bo‘lsa....

Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).

Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi? 

Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi. 

Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.

"Rasailu minal Qur’an" asaridan