Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2025   |   23 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:23
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2025, 23 Jumadul avval, 1447

Bo'lg'usi hojilar Haj amallarini ado etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqdalar

28.06.2022   1202   2 min.
Bo'lg'usi hojilar Haj amallarini ado etish uchun tayyorgarlik ko'rmoqdalar

Farg'ona viloyatidan Haj amallarini ado etish uchun muqaddas Harami sharifga tashrif buyurgan ziyoratchilar ayni vaqtda "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida istiqomat qilmoqdalar.

Ziyoratchilarimiz hozirgacha umra ibodatini amalga oshirib, kunlik ibodatlarini Harami sharifda ado etmoqdalar. Qolaversa, malakali guruh rahbarlari, imom-xatiblar ishtirokida ma'rifiy uchrashuvlar tashkil etilib, unda Haj amallarini ado etish tartibi haqida tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, ziyoratchilar uchun uch mahal — nonushta, tushlik va kechki ovqatlar tashkil etilgan.

— Men bu muqaddas joylarga kelishni intizorlik bilan kutdim. Hozir haj amallari boshlanishini ham intiqlik bilan kutyapman. Bu ibodat bandani Robbisiga yaqinlashtiradigan, sabr va toqatdan ta'lim beradigan, bir so'z bilan aytganda insonni ham ruhan, ham jismonan chiriqtiradigan amaldir. Bu erda kerak bo'lsa har qadamimiz, har so'zimiz bilan imtihon qilinamiz. Ilohim, ushbu amallarni osonlik ado qilishimizni nasib qilsin. Alloh bizga oson qilsin, — deydi Hikmatxon Abdullayeva.

Biz ham butun dunyo musulmonlari qatori bu yil Haj ibodatini ado etishga taraddud ko'rayotgan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlari qabul, duolari ijobat bo'lishini tilaymiz!

Rahmatulloh Jalilov,
Saudiya Arabistoni, Makka shahridan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Islom fiqhi asoslari” — mazhablarning ilmiy asoslarini ochib beruvchi muhim asar

12.11.2025   1310   1 min.
“Islom fiqhi asoslari” — mazhablarning ilmiy asoslarini ochib beruvchi muhim asar

So‘nggi paytlarda “Mazhab nimaga kerak?”, “O‘zimiz Qur’on va sunnatdan hukm olsak bo‘lmaydimi?” deguvchi toifalarga raddiya bo‘ladigan kitoblarga yurtimizda ehtiyoj katta edi.

Bu borada O‘zbekiston musul­monlari idorasi raisi­ning birinchi o‘rinbosari Ustoz Homidjon qori Ishmatbekovning “Islom fiqhi asoslari. To‘rt mazhab imomlari” kitobi ayni shu savollarga yechim sanaladi.

Ushbu kitobda Islom fiqhining paydo bo‘lish tarixi va ildizlari, mavjud to‘rt mazhabning aynan Qur’on va sunnatga asoslangani va dinimizning zamonlar osha yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda aynan mazhab ulamolari joriy qilgan usul va qoidalarga asoslanishi bayon etilgan.

Shuningdek, kitobda “Qur’onning bo‘lak-bo‘lak holda nozil qilinish hikmati”, “Makkiy va madaniy suralarning bir-biridan farqi”, “Payg‘ambar alayhissalomning o‘z sahobalariga ijtihod qilishga ruxsat berishlari”, “xulafoi roshidin davrida shariat”, “Islom shariatining uchinchi manbasi ijmo’”, “tobe’inlar va tabaa tobe’inlar davrida ijtihod” kabi mavzular ham bayon etilgan. 

Bir so‘z bilan aytganda, “Islom fiqhi asoslari” kitobini har bir mo‘min-musulmon o‘qib chiqishi shart bo‘lgan kitoblar sirasiga kiritish mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

O'zbekiston yangiliklari