Chorshanba kuni Isroil arxeologlari mamlakat janubida noyob qadimiy masjidni topdi, bu mutaxassislarning fikriga ko'ra mintaqaning nasroniylikdan islomga o'tishiga oydinlik kiritadi.
Islam.ru xabariga ko'ra, Isroil qadimgi yodgorliklar boshqarmasi bayonotida aytilishicha, 1 200 yildan avval qurilgan masjid qoldiqlari badaviylarning Rahat shahridagi yangi kvartal qurilish ishlari paytida topilgan.
Negev cho'lida joylashgan masjid "kvadrat xona va Makkaga qaragan devor" va janubga ishora qiladigan o'sha devordagi yarim doira shaklidagi tokchadan iborat, deyiladi IAA xabarida.
"Ushbu noyob me'moriy o'ziga xos xususiyatlar bino masjid sifatida ishlatilganligini ko'rsatadi", - deyishdi rasmiylar va unda bir vaqtning o'zida bir necha o'nlab musulmonlar bo'lganligini ta'kidladilar.
Masjiddan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, shuningdek, uning aholisi boyligini ko'rsatadigan idish-tovoq va shisha buyumlar qoldiqlari bilan" hashamatli uy-joy" topildi, deya xabar beradi IAA.
Uch yil oldin rasmiylar bu ikki islomiy ibodatxonalar "butun dunyodagi ma'lum eng qadimgilaridan biri" deb atab, shu yaqin orada eramizning ettinchi-sakkizinchi asriga mansub yana bir masjidni qazib olishdi.
Yaqin atrofda topilgan masjidlar, uy-joylar va boshqa uylar "Shimoliy Negevda yangi din — islom dini, shuningdek mintaqada yangi hukumat va madaniyat paydo bo'lishi bilan sodir bo'lgan tarixiy jarayondan" darak beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.
Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati