Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

27.06.2022   1395   10 min.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

Mamlakatimizda so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko'rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yaratuvchilik va yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ'ib etishdagi katta xizmatlari, soha uchun malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

Maksudov Muxammadjon - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori

Matyakubova Nazira Toxtabayevna - Qoraqalpog'iston Respublikasi «Qoraqalpog'iston tongi» gazetasi bosh muharriri

Toshev Farmon Isxakovich - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Hudaykulov Muxtar - O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori

Sheraliyev Raxmatilla - Toshkent viloyati «Chirchiq tongi» gazetasi bosh muharriri

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Abasxanov Rixsiboy Abdilazizovich - «Yog'du» nashriyoti bosh muharriri

Amirova Shaxnoz Hatamovna (Shahnoza G'aniyeva) - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali loyiha boshlovchisi

Eshonkulov Nazar Saliyevich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O'zbektelefil'm» davlat muassasasi direktori o'rinbosari – bosh muharriri

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Djurayeva Ranoxon Gafurovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Ivanova Anna Vital'evna - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi

Karimova Hatichaxon - Farg'ona viloyati «Oydin» gazetasi bosh muharriri

Malikov Erkin - «Hilol» nashriyoti muharriri

Tursunova Mavjuda Hafizovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Shodiyev Maxamadjon Maxmudjonovich - «Ovozi tojik» gazetasi bo'lim muharriri

 

«Do'stlik» ordeni bilan

Abdullayeva Tat'yana Samugovna - «Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasining ofset bosma tsexi musahhihi

Ayxodjayeva Aziza Sadenovna - «Nurlie jol» gazetasining qishloq xo'jaligi va iqtisodiyot bo'limi mudiri

Alimov Chori - Qiziriq tumani «Taraqqiyot» gazetasi bosh muharriri, Surxondaryo viloyati

Jumaniyazova Halima Taganovna - Amerika Qo'shma Shtatlarining N'yu-York shahri «Makonim» gazetasi bosh muharriri o'rinbosari

Karimova Shaxzoda G'opporovna - Baliqchi tumani «G'alaba» gazetasi bosh muharriri, Andijon viloyati

Li Sergey Alekseevich - «Narodnoye slovo» gazetasining iqtisodiyot bo'limi muharriri

Magdiyev Baxodir Kabul-Kariyevich - «Oriat» teleradiokompaniyasi» mas'uliyati cheklangan jamiyatining «Oriat Dono» radiosi boshlovchisi

Martsenyak Valentina Viktorovna - «Ishonch-Doveriye» gazetasi mas'ul kotibi

Mirzaaxmedov Murabas - «Milliy» telekanalining «Otalar so'zi – aqlning ko'zi» ko'rsatuvi boshlovchisi

Samatov Faxriddin Umirkulovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali «Assalom, O'zbekiston!» studiyasi mas'ul kotibi

Safarov Mamadamin Abdug'apparovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o'rinbosari

Haydarova Dilbarxon - Namangan viloyati «Murabbiy» gazetasi bosh muharriri

 

II darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni

Seydanova Lala Almuratovna - Qoraqalpog'iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Qoraqalpog'iston» telekanali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharriri

Hamidova Muxabbat Maxmudovna - «Gulxan» jurnali bosh muharriri o'rinbosari

 

«Sog'lom turmush» medali bilan

Karimov Zaxid Baxrimuratovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aliqulova Gulchexra Timurovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Mamadaminov Almurat Mamatkulovich - O'zbekiston Milliy axborot agentligining fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri

Raxmanberdiyev Javdat Karimberdiyevich - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati Media-markazi bosh mutaxassisi

Saidov Komiljon Saipdjanovich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha markazi boshlig'i

Hodjaaxmedov Sunnat Abdullayevich - «O'zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasi muharrirlar bo'limi boshlig'i

Hojiyev Farxod Jumabayevich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali guruh bosh muharriri

Sharasulov Shamaxmut Shakarimovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» teleradiokanali» davlat muassasasi rejissyori

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Boxodirov Sarvarbek Sanjarbek o'g'li - «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» dasturi boshlovchisi

Ubaydullayev Hikmatilla Shuxratilla o'g'li - Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi rahbari

 

«Shuhrat» medali bilan

Adilov Ulug'bek Shaxarbayevich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i

Allayev Firuz Abdunasimovich - Toshkent shahridagi «Asaxiy books» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Asrorov Ulug'bek Holboyevich - «Yangi O'zbekiston» gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo'limi mudiri

Bobodo'stov Fayzulla Murodovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Buriyeva Hulkar Turakulovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali suxandonlar guruhi suxandoni

Igamberdiyeva Farida Burikulovna - «Darakchi.uz» internet ommaviy axborot vositasi bosh muharriri

Islomov Nizomjon Ilhom o'g'li - «Aniq.uz» veb-sayti muharriri

Kurbanov Shuxratbek Ravshanbekovich - «Kurbanoff.net» blogi administratori

Musayeva Nargiza Abdullayevna - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining Bo'ka tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Toshkent viloyati

Nugmanov Bekzod Alimovich - Toshkent shahridagi «Media News» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori o'rinbosari

Pulatov Abrorjon Masutovich - «Avtoradio» radiostantsiyasi ta'sischisi

Turdibayev Olimjon Aripdjanovich - «UzReport» mas'uliyati cheklangan jamiyatining «UzReport TV» telekanali bosh muharriri

Hudaykulova Zilola Raxmatovna - Buxoro viloyati «Istiqlol-TV» teleradikompaniyasi bosh muharriri

Shadrin Konstantin Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Kolorpak» mas'uliyati cheklangan jamiyati dizayneri

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh.Mirziyoev

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Havzimda men bilan yuzlashguningizcha, sabr qilinglar

13.06.2025   16119   5 min.
Havzimda men bilan yuzlashguningizcha, sabr qilinglar

Musulmonlar Hunayn g‘azotida g‘alaba qozonishdi. Hunayn g‘azoti Shavvol oyida, hijratning sakkizinchi yili, Makka fathidan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan Havozin va Saqiyf qabilalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan edi. Jangda g‘alaba qozongan musulmonlar katta g‘animatga (o‘ljaga) ega bo‘ldilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu g‘animatlarni qalbi Islomga moyil bo‘lgan yangi musulmonlarga taqsimlab berdilar. Qavmning kattalari Abu Sufyon, Uyayna, Aqra’, Suhayl ibn Amr va boshqalarga ham berdilar.

Vaholanki, ular Quraysh mushriklarining eng kattalari bo‘lib, uzoq yillar Payg‘ambarimizga qarshi urushgan kishilar edi. Ushbu g‘animatlar taqsimlanishidan bir necha kun oldingina islomni qabul qilishgan edi. Lekin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ansorlarga (Madinalik sahobalarga) ushbu g‘animatlardan hech narsa bermadilar.

Holbuki, ular Islomni yoyish va Payg‘ambar alayhissalomni himoya qilish uchun qonlarini to‘kkan, jonlarini fido qilgan kishilar edi. Bu holat ularning qalblariga og‘ir botdi va xasratlanib shunday deyishdi: «Qilichlarimizning tig‘idagi dushmanning qoni hali qotgani yo‘q, ammo g‘animatlardan boshqalar bahramand bo‘ldi. Bizga esa, hech narsa berilmadi».

Bu borada Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu kelib Payg‘ambarimizga bo‘layotgan gaplar xaqida, odamlarning qalbidagi xafalikni aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Sa’d, sen bu haqda nima deysan?” dedilar. Sa’d: Men ham qavmim tarafidaman, deb javob berdi. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom: Qavmingni mening huzurimga yig‘, dedilar. Ular to‘planganlaridan keyin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamjuda buyuk, nihoyatda ta’sirli, qalblarni jumbushga keltiruvchi, ko‘zlarni yoshga to‘ldiruvchi xutba qildilar.

U zot ularga muloyimlik va muhabbat bilan quyidagicha murojaat qildilar: “Ey ansorlar! Men sizlarni gumroh holda topmaganmidim? Alloh taolo men tufayli sizlarni hidoyat qilmadimi? Sizlar tarqoq va parokanda emasmidinglar, Alloh taolo men sababli sizlarni birlashtirmadimi? Sizlar faqir va muhtoj emasmidinglar, Alloh taolo men orqali sizlarni boy qilmadimi?”.

Har safar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam savol bilan murojaat qilganlarida, ular: “Alloh va Uning Rasulidan minnatdormiz”, deb javob qaytarishardi.

So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Nima uchun menga javob qaytarmayapsizlar? dedilar. Ular yana: Alloh va Rasulidan minnatdormiz!, deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar istasangiz, sizlarning ham shunday deyishga haqqingiz bor: “Siz bizning huzurimizga qavmingiz tomonidan inkor qilingan holda keldingiz, biz esa, sizni tasdiqladik. Siz qavmingiz tomonidan yolg‘onchiga chiqarilgan edingiz, biz sizga ishondik, imon keltirdik va sizga yordam berdik. Siz o‘z yurtingizdan quvildingiz, biz esa, sizga panoh berdik. Siz muhtoj holda keldingiz, biz esa, Sizni o‘z mol-mulkimizga sherik qildik”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu so‘zlarni aytganlarida ular: Alloh va Uning rasuligina bizlarga minnat qilishga haqli, deyishdi. Aslida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zlarni ularga tavozelik va insof yuzasidan aytgan edilar. Lekin, haqiqatan olganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minnat qilishga haqli edilar, ular har qancha minnatdor bo‘lsalar arziydi. Chunki agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlari bo‘lmaganida, ularning orasida yashamaganlarida, ularning boshqalardan farqlari bo‘lmas edi. Ansorlarning sha’ni yuksalmas edi, qadrlari ko‘tarilmas edi.

Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga qarab: “Ey ansorlar! Nima deb o‘ylaysizlar, boshqalar qo‘y va tuyalar bilan uylariga qaytsalar, sizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uylaringizga qaytishni istamaysizlarmi? Bundan rozimasmisizlar?-dedilar.

Bu gapning naqadar ulug‘ligi, ansorlarning qalbiga yetib borishligini bilganlari uchun ham Rasululloh ularga g‘animatdan bermagan edilar.

So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Agar hijrat qilmaganimda, albatta men ansorlardan bo‘lar edim, agar odamlar bir vodiyda yursalar, men ansorlar yurgan yo‘llardan yurar edim, ansorlar men uchun ichki kiyimimdek, boshqalar esa tashqi kiyimimdek”, dedilar va: “Allohim ansorlarga rahmatingni yog‘dir, ularning farzandlariga va farzandlarining farzandlariga ham”, deb ularning haqqiga duo qildilar.

Bu so‘zlarni tinglagan ansorlarning ko‘zlaridan yoshlar to‘kildi, soqollari xo‘l bo‘ldi. Ular yig‘lagan holatda: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni biz bilan bo‘lishlariga rozimiz, bizning g‘animatimiz, bizning ulushimiz bo‘lganlaridan rozimiz!” — deyishdi.

Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni kelajakda bo‘ladigan fitnalardan ogohlantirib shunday dedilar:

“Mendan keyin sizlar o‘zingizga nisbatan adolatsizlikni ko‘rasizlar, ammo sabr qilinglar. Mening havzimda men bilan yuzlashguningizcha, sabr qilinglar!”.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV