Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Vahiy farishtasi

27.06.2022   1654   4 min.
Vahiy farishtasi
 
 

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadisi shariflarida Qur'oni karim oyatlarini tafsir qilib berganlar. Shunga ko'ra, muhaddislar asarlariga “Tafsir kitobi” nomli alohida bo'lim kiritib, unda oyatlar tafsiriga oid hadislarni keltirishgan.

“Sahihi Buxoriy” va “Sahihi Muslim”da “Kitab at-Tafsir”, ya'ni “Tafsir kitobi” nomli bo'lim bor. “Sunati Termiziy”da va Imom Nasoiyning “Sunani Kubro”sida “Kitabut tafsir” nomi bilan tafsirga oid hadislarni keltirgan.

Hadis asarlaridagi tafsir kitobi bob­lari oyatlar nomi bilan nomlangan. Ushbu boblarda shu oyatga bog'liq hadislar naql qilingan. “Tafsir kitobi”da kelgan hadisi shariflarda suralarning barcha oyatlari tafsiri bayon qilinmagan, balki ba'zi oyatlar tafsiri keltirilgan.

Bunga quyidagi hadislarni misol qilib keltirish mumkin.

“Sahihi Buxoriy”ning “Tafsir kitobi”da Kavsar surasi bobida: «Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam osmonga ko'tarilgan paytlari bunday deganlar: “Bir anhor oldidan o'tdim. Ikki qirg'oqi g'ovak durdan chodirlar. “Bu nima, ey Jabroil?” dedim”. U: “Bu Kavsar”, dedi»1, degan hadis keltirilgan.

Keyingi hadisda bunday deyilgan: «Abu Ubaydadan rivoyat qilinadi. Oysha roziyallohu anhodan Alloh taoloning “Biz senga Kavsarni ato etdik”2, degan so'zi haqida so'radim. U: “Bu Nabiyingiz sollallohu alayhi va sallamga berilgan anhor bo'lib, uning ikki qirg'og'i g'ovak dur­dir. Idishlari yulduzlar adadichadir”, dedi»3.

“Sahihi Muslim”ning “Tafsir kitobi”da keltiriladi: «Oysha roziyallohu anhodan Alloh taoloning: “Kim kambag'al bo'lsa, to'g'rilik bilan esin”4 so'zi haqida bunday rivoyat qilinadi: “Bu oyat etimning molini tasarruf qilib turuvchi va uni yaxshi saqlovchi valiy, agar muhtoj bo'lsa, undan eyaverishi haqida nozil bo'lgan”»5.

Shuningdek, “Sunani Termiziy”ning “Qur'on tafsiri kitobi”dagi “Fajr surasi bobi”da ushbu hadis keltirilgan: «Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam “shaf'” va “vatr” haqida so'raldilar. U zot: “Uning ba'zisi juft va ba'zisi toq bo'lgan namozdir”, dedilar».

Hadis asarlarining “Tafsir kitobi”da sura va oyatlarning nozil bo'lishi haqidagi hadislar keltirilgan. Bunga ushbu hadisni misol qilish mumkin: «Abu Ishoqdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadi: “Men Baro roziyallohu anhudan bunday deyayotganlarini eshitdim: “Ansorlar haj qilib qaytib kelishsa, uylariga faqat orqa tomonidan kirishardi. Ansorlardan bo'lgan bir kishi (hajdan) kelib, uyining eshigidan kirgan edi, mana shu narsa borasida unga (har xil gaplar) aytildi. Shunda: “Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas...”6 oyati nozil bo'ldi»7.

Shuningdek, hadis asarlaridagi “Tafsir kitobi”da nosix va mansux oyatlar, avvalgi va oxirgi nozil bo'lgan oyatlar, qiroatlar va bundan boshqa ma'nolarga dalolat qiladigan oyatlar haqidagi hadislar kel­tirilgan. .

Shokirjon MADAMINOV,

O'HIA 2-bosqich magistranti

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

09.07.2025   5457   1 min.
Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.

Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.

Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.