Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2026   |   19 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:14
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:12
Bismillah
02 Avgust, 2026, 19 Safar, 1448

Hikmat nima?

25.06.2022   5918   5 min.
Hikmat nima?

Hikmat inson hayotini tartibga solishga, sokin, sermazmun va sermahsul eishga, xato-kamchiliklardan, toyilishlardan xoli etishiga xizmat qiladigan yuksak bilimdir. Hikmat insonning aqlini charxlaydi, akovatini oshiradi. Hikmat bilan ish tutish insonning oiladagi, jamiyatdagi, hatto o'z nazdidagi martabasini ko'taradi. Hikmat kishiga hayot tajribasini tayyor xulosasini taqdim qiladi.

Bir hakimdan : “Inson bir necha yuz yil umr ko'rishi mumkinmi?” deb so'rashibdi. U:  “Ha”, deb javob beribdi. “qanday qilib?” deyishibdi. Shunda hakim : “Kitob o'qib. Chunki kitob bir insonning bir necha yil, balki bir umrlik tajriba va bilimlarining xulosasi o'laroq dunyoga keladi. Uni o'qigan kishi o'shancha umr ko'rgan hisoblanadi”, deb aytgan ekan.

Insonga ana shunday asrlarga tatigulik umr baxsh etadigan kitoblar ichida eng qimmatlisi, shubhasiz, va'zu –hikmatga doir asarlardir. Binobarin, hikmatlarni o'ziga singdira bilgan odam ming yillab umr ko'rgandek tajribaga ega bo'ladi. Chunki ayrim hikmatlar butun bir inson umrining xulosasi o'laroq dunyoga kelgan. Ana shunday hikmatlarni o'rgangan kishi o'sha hikmatlarni aytgan insonlarning umricha hayot kechirgandek  bo'ladi. 

Islom ummati hikmatlarni o'rganishga, uni hayotga tatbiq etishga, uni hayotda aks ettirishga, har bir ish ortidagi hikmatlarni ochib berishga qadimdan intilib kelgan. Jumladan, bizning ulug' ajdodlarimiz ham haqiqiy hikmatparvar, hikmatga shaydo insonlar bo'lishgan. Shuning uchun ham ulug' bobokalonlarimizning ilmiy me'roslarida dunyodagi eng go'zal hikmatlar aks etgan. 

 Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi:

يؤتي الحكمة من يشاء و من يؤت الحكمة فقد اوتي خيرا كثيرا

U O'zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko'p yaxshilik berilibdi.” (Baqara surasi, 269 – oyat) 

و قال صلئ الله عليه وسلم:

لا حسد الا في اثنتين رخل اتاه الله ما لا فسلطه علي هلكته في الخير و رجل اتاه الله الحكمة            فهو يقضي بها و يعلمها الناس

Rosululloh s.a.v aytadilar:

“Hasad qilish mumkin emas, faqat ikki kishiga nisbatan hasad(havas) bundan mustasno:Alloh taolo mol bergan va uni yaxshilikka sarflashga muvaffaq qilib qo'yilgan kishi; Alloh taolo hikmat bergan, shu hikmat bilan hukm yuritadigan va shu hikmatni odamlarga o'rgatadigan kishi”.

Luqmoni Hakimdan naql qilinishicha, uning hovlisi eshigiga shunday deb bitilgan ekan: ”Bizning hikmatimizdan o'zini tanigan, nafsini o'z haddida to'xtatgan va boshiga tushgan ishlar tadbirini insof bilan amalga oshira oladigan insongina foydalana oladi. Kimda shu sifatlar bo'lsa, kirsin, yo'qsa, to shularni hosil qilguncha qaytib ketaversin”.

Alloh taolo hikmatni, hikmatli bandalarini shunday sevar ekan qanday qilib O'zining so'nggi va oxirzamon payg'ambariga yuborgan Buyuk Kalomi Qur'oni Karimni hikmat ila yubormasin?!

Alloh taolo O'z Kalomini buyuk hikmatlar ila yubordi. Qur'oni Karimni o'qiganingiz sari, ma'nolarini anglaganingiz sari yanada chuqur ma'nolar kelib chiqaveradi. Qur'oni Karimni har qanday soha vakili u xoh tibbiyot xodimi bo'lsin, xoh kimyogar, yohud adabiyotshunos uning mo'jizaviyligi, balog'ati va fasohati-yu, ulkan hikmatlariga duch keladi. Mana necha asrlar davomida Qur'oni Karimda kelgan oyatlarning ma'nolari ustida ishlab, ularni mag'zini chaqishga uringan sari fanga, insoniyatga noma'lum bo'lgan qanchadan – qancha ilmlar oshkor bo'lib bormoqda. Ha, azizlar Qur'oni Karim ana shunday ulug' va mo'jiza o'laroq biz insoniyatga yuborilgan Kitobki, qiyomatga qadar insoniyat uning ma'nolari ustida ilmiy izlanishlar olib boraveradi, izlanishlar ko'paygani sari Qur'onning naqadar Buyuk Qudrat va Hikmat egasi tomonidan yuborilganiga aqllar ishonaveradi. Alloh taolo Qur'onni o'zgacha uslublar ila bezadi, bu uslublar Qur'onning balog'ati-yu, fasohatiga yanada ko'rk bag'ishladi, uni hikmatlar bilan yanada boyitdi. Insoniyat har qancha urinmasin Qur'oni Karim oyatlariga o'xshash bir oyat ham keltira olishdan ojizligicha qolaveradi.

 

TII 403 – guruh talabasi O'rinova Lutfiya

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namangan vakilligi yangi binosi foydalanishga topshirildi

30.07.2026   12334   1 min.
Namangan vakilligi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun, 30 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Namanganga safarlari davomida viloyat vakilligining yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Muftiy hazratlari vakillik xodimlari va hududdagi diniy soha vakillarini yangi bino bilan muborakbod etib, bunday zamonaviy sharoitlar va diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar Prezidentimizning sohaga qaratayotgan alohida e’tibori natijasi ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, Shayx hazratlari bugun imom-xatiblar moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanib, vakilliklarga alohida e’tibor qaratilayotgani, 100 nafar Prezident hojisi muborak safarga yuborilganini alohida e’tirof etdilar. So‘ng ushbu e’tibor va imkoniyatlarning qadriga yetib, yanada fidokorlik bilan mehnat qilish zarurligini uqtirdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan senator, “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov vakillik ahlini yangi bino bilan qutlab, yaratilgan bunday muhtasham sharoitlar Yurtboshimiz tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ezgu islohotlarning uzviy davomi ekanini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida Diniy idoraning Namangan viloyat vakilligi yangi binosini barpo etishda alohida jonbozlik va fidokorlik ko‘rsatgan mutasaddilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, Muftiy hazratlari tomonidan viloyat vakilligiga avtomashina sovg‘a qilindi. Ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan mutasaddilar hamda homiylar haqiga duo qilindi.

Safar asnosida Muftiy hazratlari va mehmonlar vakillik xodimlarining munosib faoliyat yuritishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va qulayliklarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari