Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2025   |   3 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:22
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:01
Xufton
18:18
Bismillah
24 Noyabr, 2025, 3 Jumadul soni, 1447

«Makka darvozasi» va uning yaratilish tarixi

25.06.2022   2741   4 min.
«Makka darvozasi» va uning yaratilish tarixi

Qur'on kitob shaklidagi darvoza loyihasi muallifi bu ishini faoliyatidagi asosiy yutug'i deb biladi va faxrlanadi.

Jidda — Makka avtomobil' yo'lida Qur'on stendiga o'xshab ko'ringan «Makka darvozasi» musulmon bo'lmaganlar kirishi taqiqlangan chegarani belgilab beradi.

«Makka darvozasi» qariyb 40 yildan buyon Jidda — Makka avtomobil' yo'li bo'ylab muqaddas shaharga kiruvchi sayohatchilarni kutib oladi. Shahardan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan katta arkli inshootning balandligi 152 metr, eni esa 31 metrni tashkil qiladi. Turli naqshlar bilan bezatilgan, kechalari esa chiroqlar bilan yoritilgan. Yodgorlik 1979 yilda taniqli saudiyalik rassom, haykaltarosh va fotograf Dia Aziz Dia tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u zamonaviy arab san'atiga qo'shgan hissasi bilan tanilgan.

Arkning yaratilishi haqida rassom shunday deydi:

«Darvozaning dizayni ishonib topshirilgan kompaniya ular qanday ko'rinishga ega bo'lishi kerakligini bilmas edi. Menga aytilgan yagona istak shu ediki, darvoza shaharga olib boruvchi asosiy magistralda bo'lsin... Men o'yladim: Nima Makkani o'ziga xos qiladi? Bu payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning tug'ilgan joylari, Ka'ba shu erda joylashgan... Lekin, eng muhimi, Makka – Qur'on shahri degan fikr meni hayratga soldi. Hammasi Qur'onning erga nozil bo'lishi bilan boshlandi va men bu fikrni qanday ifodalash haqida o'ylay boshladim... Bir necha kunlik mulohazalardan so'ng menga strendda Qur'on ko'rinishidagi darvoza yaratish g'oyasi keldi".

Rassomning g'oyasi kompaniya tomonidan ma'qullanadi va Dia Aziz Dia arxitektorlar, qurilish muhandislari va xattotlar bilan yakuniy eskizni amalga oshirish hamda darvozaning kichik modelini yaratish uchun ishga kirishadi.

“Men Makka shahrining o'sha paytdagi hokimi Abdulqodir Kushakning ishxonasiga borib, unga loyihani taqdim qildim. Taxminan ikki oy o'tgach, qirol Fahd darvoza va uning atrofidagi bog'ning yaratilishini ma'qullagani e'lon qilindi, — deydi rassom.

Darvoza 1985 yilda qurib bitkazildi.

Dia loyihaga qo'shmoqchi bo'lgan bitta reja bor edi — darvoza tepasidagi katta chiroq (projektor). Ammo bu fikr amalga oshmadi:

“Makka nafaqat musulmonlar, balki butun er yuzi uchun mayoq bo'lganidek, Qur'oni Karim ham umid va tinchlik chirog'i ekanini ko'rsatmoqchi edim”, — deydi u.

Dia Aziz Dia uning g'oyasi qachondir hayotga tatbiq etilishi va darvoza dizayni tugallanishiga umid qilmoqda.

Rassom Makka darvozalari faqat Saudiya Arabistoni loyihasi ekanini ta'kidlaydi:

“Ko'pchilik buni asosan saudiyaliklar amalga oshirganini bilmaydi. Chet elliklar unga jalb qilingan, degan fikr keng tarqalgan. Aslida, bu darvozalar Saudiya me'morlari, xattotlari va muhandislarining ishi”.

Dia Saudiya Arabistonidagi eng keksa va eng muvaffaqiyatli rassomlardan biri bo'lib, ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan. Shuningdek, u Jidda shahridagi Tahliya ko'chasidagi “Al-Ahli” futbol klubi yodgorligi, samolyot qismlaridan yasalgan “Odam orzusi” yodgorligi, 2006 yilda Saudiya Arabistonidan Meksikaga sovg'a qilingan haykal va boshqa muhim loyihalarga ham mualliflik qilgan.

Ammo rassom faoliyatidagi eng muhim asar "Makka darvozalari"ni o'z merosi deb biladi:

“Bu faoliyatimning boshidan to o'limgacha bo'lgan hayotimdagi asosiy yutug'im. Undan muhimroq narsa yo'q. Makka dunyodagi har bir musulmonning qalbidagi shahar. Men uning darvozalarining loyihachisi bo'lishimni Alloh taolo menga berganiga ishonaman”, — deydi faxr bilan u.

Bahriniso To'xtasin qizi tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Varshavadagi uchrashuv

23.11.2025   3415   1 min.
Varshavadagi uchrashuv

2025 yil 23 noyabr kuni Polsha Respublikasi, Varshava shahridagi “Raszyn” masjidida yurtdoshlarimiz bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov vatandoshlarimiz bilan suhbatlashdilar.

Suhbat davomida ustoz xususan hanafiy mazhabida mahkam turish, uzoq yurtda yashashlariga qaramay milliy an’ana va qadriyatlarimizni unutmaslik haqida ta’sirli fikrlar bildirdilar. Shuningdek, oila, qarindoshlar va vatan bilan bog‘liqlikni asrash har bir musulmon uchun muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, kelgusida ham har qanday shubha yoki diniy savollar paydo bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Fatvo bo‘limiga Telegram: @fatvo_call_1  /  @fatvo_call_2
WhatsApp: +998 91 780 66 33 murojaat qilish tavsiya etildi.

Suhbat nihoyasida ustoz Zayniddin domla barcha yig‘ilgan yurtdoshlar uchun baraka, tinchlik, imon-e’tiqod mustahkamligini so‘rab duo qildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv Varshavadagi uchrashuv
O'zbekiston yangiliklari