Haj Islom dinining beshinchi rukni bo'lib, haj qiluvchi nafs pokligi va ahloq sayqaliga alohida e'tiborli bo'lishi talab etiladi. Alloh taolo O'zining baytiga haj ibodatini bajarish uchun chaqiribdimi, demak haj qiluvchilar Allohning mehmonlaridir. Shuning uchun haj qiluvchilar oliy darajadagi odob bilan odoblanishlari zarurdir.
“Haj ma'lum oylardir. Kimki ularda o'ziga hajni farz qilsa (ya'ni ehromga kirsa), hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo'qdir. Nima yaxshilik qilsangiz Alloh uni biladi” (Baqara surasi, 197-oyat).
Hajga otlangan inson tilini turli fahsh, g'iybat va noo'rin so'zlardan tiyishi zarur. Hajdan ko'zlangan maqsad mukammal ravishda ro'yobga chiqishi uchun bir qancha qalb amallari va odoblarni bajo keltirish lozim bo'ladi:
Haj safariga boruvchi ayollarga xos bo'lgan masalalar:
Haj safari davomida bajargan ibodatlaringiz Alloh taolo dargohida husni maqbul darajasida bo'lishini, mabrur haj nasib etishini tilab qolamiz.
Munira Abubakirova
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim mutaxassisi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».
Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.
Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:
– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.
– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...
– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.
Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.
– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.
– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.
Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.
Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.
Akbarshoh RASULOV