"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Imom Navaviyning «Arba'in» asari asosida tashkil qilingan hadis suhbatlaridan
Ramazon Qur’oni karim nozil bo‘lgan, inson qalbini poklaydigan, nafsini jilovlaydigan, go‘zal fazilatlarni namoyon etadigan oy. Shu bois, bu muborak oyning har bir lahzasini g‘animat bilib, solih amallar, toat-ibodat va yaxshiliklar ila o‘tkazishimiz lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Imom Bayhaqiydan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “U (Ramazon) mo‘min uchun g‘animatdir”, deb qutlug‘ oydan unumli foydalanishga chaqirganlar.