Illinoys shtatida joylashgan Nagamiya xalqaro islom tibbiyoti va fanlari institutining muzey kutubxonasida “Qadimiy Qur'on va Qur'on qo'lyozmalarining nodir kollektsiyasi” ochilishi e'lon qilindi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ko'pgina eksponatlarning yoshi 600 yildan oshgan. Ulardan ba'zilari Qo'shma Shtatlardagi Qur'onning eng qadimgi tarixiy nusxalaridir.
Ushbu to'plamda Qur'onning 100 ga yaqin nusxalari va Qur'on qo'lyozmalari mavjud bo'lib, ularning barchasi qo'lda yozilgan, ba'zilari bambuk, palma barglari va teriga yozilgan. Chikagodagi kutubxona mamlakatda birinchi bo'lib bunday xazinaga ega bo'ldi, deyiladi islam.ru xabarida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi (https://president.uz/uz/lists/view/9019).
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining bu yilgi Ramazon hayiti 20 mart – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2026 yil 20 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
Barchamizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati