Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Noyabr, 2025   |   9 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:28
Peshin
12:17
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:17
Bismillah
30 Noyabr, 2025, 9 Jumadul soni, 1447

Makkada Halifa Usmon ibn Affon zikr etilgan 1400 yillik qo'lyozma topildi

22.06.2022   1254   1 min.
Makkada Halifa Usmon ibn Affon zikr etilgan 1400 yillik qo'lyozma topildi

Saudiyalik qadimgi tillar bo'yicha mutaxassislar, Makka shahrida topilgan 1400 yillik toshdagi matnni o'qiy olishdi. Rlanet-today ma'lumotiga ko'ra, artefaktdagi yozuvda arab davlat arbobi va siyosatchi, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning eng yaqin sahobalaridan biri, uchinchi roshid xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu haqida so'z boradi.


Bundan avval ushbu matn hijratning 24-yilida, ya'ni 1419 yil oldin tuzilgani haqida taxmin qilingan edi. Endi qadimiy tillar bo'yicha mutaxassislar bu taxminni tasdiqlashdi. Butun ekspertlar guruhi matnning birinchi qatorini o'qiy olishga muvaffaq bo'lishdi. Unda shunday yozilgan: "men Zuhayr Allohga ishondim va 24 yilda ibn Affonning vafot etgan vaqtini yozdim".


Makkada topilgan artefakt so'nggi paytlarda arxeologlar tomonidan topilgan eng muhim topilmalardan biri sifatida tan olingan. Olimlar aslida islom tarixi boshlanishidagi eng muhim voqealar haqida hikoya qiluvchi hujjatli dalillarni oldilar.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ash-Shamoil al-Muhammadiyya: 15-qism

28.11.2025   2487   1 min.

Buyuk muhaddis Imom Termiziy rahimahullohning ushbu asari – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari, go‘zal axloqlari va siyratlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Ulug‘bek domla Nasriddin o‘g‘li,
Mir Arab o‘rta maxsus va oliy madrasasi mudarrisi.