Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

“Haj – 2022” mavsumiga 70 nafar uchuvchi va 260 nafar bortkuzatuvchisi jalb etilgan

22.06.2022   943   1 min.
“Haj – 2022” mavsumiga 70 nafar uchuvchi va 260 nafar bortkuzatuvchisi jalb etilgan

AOKAda o'tkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” aktsiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Kamola Ikromova “Haj – 2022” dasturi doirasida aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, ziyoratchilarimiz shu yil 18-30 iyun' kunlari O'zbekistondan Saudiya Arabistoniga haj safariga kuzatiladi va 14-31 iyul' kunlari yurtimizga qaytib keladi. Joriy yilgi ilk parvoz 18 iyun' kuni Toshkent – Madina yo'nalishi bo'yicha amalga oshirildi.

Pandemiya sabab ikki yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston respublikasining 7 ta shahridan – Madina shahri yo'nalishi bo'yicha “Haj – 2022” tadbiri o'tkazilishi reja qilingan. Hususan, ushbu mavsumda jami 10 900 nafar yo'lovchi Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukus viloyatlarida joylashgan mahalliy aeroportlardan Madina shahriga etkaziladi. O'zbekistonga qaytuvchi yo'lovchilar esa o'z parvozlarini Jidda shahridan amalga oshiradi.

“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o'tkazilishida “Uzbekistan Airways” aktsiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilmoqda. Ushbu yo'nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

O'zbekistondan Madina shahriga yo'l olgan yurtdoshlarimizga g'amxo'rlik qilish maqsadida aeroportlarda maxsus tonggi nonushta va havo sahnida palov, mol va tovuq go'shtidan tayyorlangan turli taomlar taklif etilayotir.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

12.07.2025   7067   2 min.
Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:


– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;

– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;

– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.

– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;

– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.

– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.


Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.


Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.


Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida
O'zbekiston yangiliklari