Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2025   |   19 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2025, 19 Jumadul avval, 1447

Vatanni sevmoq, iymondandir!

21.06.2022   1709   6 min.
Vatanni sevmoq, iymondandir!

Oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari talaba-o'quvchilari o'rtasida shu mavzuda o'tkazilgan insholar tanlovining respublika bosqichi g'oliblari taqdirlandi.

Mazkur tanlov O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va Halqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, akademik Akmal Saidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiq Toshboyev, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarov hamda masofadan turib O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hududiy kengashlari raislari, joylardagi diniy ta'lim muassasalari rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi.

O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov “Vatanni sevmoq iymondandir!” mavzusida o'tkazilgan mazkur insholar tanlovidan ko'zlangan maqsad ulkan yangilanishlar mamlakatiga aylangan va butun dunyo e'tirof etayotgan yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulug' niyatdagi ishlarga zeb berish, bebaho qadriyat va an'analarni davom ettiradigan, Vatan taqdiri, yurt manfaatlari uchun jonkuyar yoshlarni tarbiyalashga munosib hissa qo'shishdan iborat ekanini ta'kidladi. Shuningdek, talaba-o'quvchilarda yurtimizdagi islohotlarni teran idrok etish va ular to'g'risida mulohaza yuritish, o'z fikrini ijodkorona etkazib berish, ijodiy, tanqidiy, kreativ fikrlash, yozma nutq, notiqlik ko'nikmalari, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg'usini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Ikki bosqichda tashkil etilgan insholar tanlovining birinchi bosqichida o'rta maxsus islom bilim yurtlari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey va Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining 3 mingdan ortiq talabasi ishtirok etdi. Ular orasidan saralab olingan 45 yigit-qiz tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Shu paytgacha umumta'lim, Temurbeklar maktablari o'quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida tashkil etib kelingan bunday tanlov diniy ta'lim o'quv muassasalari talabalari o'rtasida birinchi bor o'tkazilayotgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Buyuk allomalar e'tirof etganidek, Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi, najot faqat va faqat bilimdadir! Ayni shu mezonlardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilgan “Vatanni sevmoq iymondandir!” ijodiy ishlar tanlovi bugungi yoshlar Vatanimiz ravnaqi, istiqboli uchun o'zini daxldor deb bilayotgani, ular har sohada ilg'or ekani, iqtidorli yigit-qizlarimiz timsolida Uchinchi Renessans poydevorini qurishga qodir avlod voyaga etayotganini ko'rsatdi. Bu jihatlar diniy-ma'rifiy yo'nalishdagi oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarining talaba va o'quvchilari yozgan ijodiy ishlarda ham o'z aksini topdi.

Tanlovning respublika bosqichi doirasida talaba-o'quvchilarning deputatlar va ziyolilar, siyosatshunoslar, olimlar, yozuvchilar, ilm-fan arboblari bilan uchrashuvlari, shuningdek, zamonaviy bunyodkorlik maskanlari hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishuvlari tashkil etildi.

Insholar imloviy savodxonlik, so'z boyligi va uslubiy mahorat, mavzuning to'laqonli ochib berilgani, mavzuga oid muammolar va ularning echimi bo'yicha takliflar, tarix, bugun va istiqbol haqidagi tasavvur kengligi, kechayotgan islohotlarga nisbatan shaxsiy munosabat va ular bo'yicha xulosaviy fikrlar mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati kabi mezonlar asosida xolis baholandi.

Respublika bosqichiga etib kelgan barcha talaba va o'quvchilarga Prezident sovg'asi — noutbuk topshirildi.

Baholash natijalariga ko'ra, tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari orasidan g'oliblar va qator nominatsiyalar bo'yicha sovrindorlar aniqlandi. Hususan, 3-o'ringa Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi E'zozxon Yigitaliyeva, Qoraqalpog'istondagi Muhammad al-Beruniy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabasi Azizbek Atamuratov, Andijon viloyatidagi Sayyid Muhyiddin maxdum o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 1-kurs talabasi Ravshanbek Abdurahimov munosib topildi. Ularga 3-darajali diplom va 10 mil­lion so'mdan pul mukofoti topshirildi.

Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 3-kurs talabasi Muhammadamin Mamanov va Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi 1-kurs talabasi Asrorbek Teshaboyev 2-darajali diplom va 20 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlovda birinchi o'ringa munosib ko'rilgan Qashqadaryo viloyatidagi Hoja Buxoriy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi Murtazo Musayorov 1-darajali diplom va 30 million so'm pul mukofoti egasi bo'ldi. Shuningdek, tanlov g'olibi va uning ota-onasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Umra ziyoratiga yo'llanma berildi.

Tanlovda “Yosh vatanparvar”, “Eng samimiy dil izhori”, “Istiqbolga sobit ishonch”, “Fidoyilik ruhi”, “Ma'rifat ruhi”, “Chet tilda ravon yozilgan insho”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv”, “Teran talqinlar”, “Eng yaxshi vatanparvarlik g'oyasi”, “Milliy ruh”, “Beg'ubor tuyg'ular”, “Bezovta qalb” nominatsiyalari bo'yicha sovrindorlar ham aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Bir so'z bilan aytganda, mazkur insholar tanlovi yangi O'zbekiston yoshlarining o'z Vatanini chin yurakdan sevishini namoyon etishi bilan birga, bugun olayotgan bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlab, kelgusida mamlakatimiz ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat qilish ularning ezgu maqsadi ekanini ko'rsatdi.

Muhabbat O'RMONBYeKOVA,
O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari
Manba: “Yangi O'zbekiston” gazetasi 2022 yil 21 iyun', 122(644) son
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Koran roxindja: perevod dlya vozrojdeniya yazika ugnetennogo menshinstva

10.11.2025   350   6 min.
Koran roxindja: perevod dlya vozrojdeniya yazika ugnetennogo menshinstva

Proyekt perevoda Korana na yazik roxindja osushestvlyayetsya v usloviyax, kogda musulmane roxingya na protyajenii desyatiletiy podvergayutsya presledovaniyam i izgnaniyu so svoyey zemli, s selyu vospolnit nedostatok znaniy ob islame i borotsya s podavleniyem yazika roxingya.
Kak soobshayet IQNA, roxindja - eto indoariyskaya etnolingvisticheskaya gruppa, preimushestvenno musulmanskaya, projivayushaya v shtate Rakxayn na zapade Myanmi. Po otsenkam, do genotsida 2017 goda, kogda boleye 740 000 chelovek bejali v Bangladesh, v Myanme projivalo 1,4 milliona roxindja.
Do 1989 goda etot shtat bil izvesten kak Arakan, istoricheskoye nazvaniye regiona, prostirayushegosya vdol severo-vostochnogo poberejya Bengalskogo zaliva i vklyuchayushego sovremenniy Bangladesh. Voyenniy sovet, prishedshiy k vlasti v 1988 godu, v ramkax svoix usiliy po otdeleniyu Myanmi ot svoyego soseda s musulmanskim bolshinstvom, izmenil nazvaniye provinsii i namerenno vibral nazvaniye preimushestvenno buddiyskoy etnicheskoy gruppi, a imenno rakxayn. Eto bilo chastyu rasistskogo proyekta natsionalnogo stroitelstva i yeshe odnim shagom v dolgoy istorii popitok isklyuchit etnicheskuyu gruppu roxingya iz istorii i obshestva Myanmi.
Selenapravlennie usiliya po isklyucheniyu etnicheskoy gruppi roxindja
S momenta prixoda k vlasti pervogo voyennogo soveta v 1962 godu roxindja sistematicheski lishalis grajdanskix i politicheskix prav pod predlogom togo, chto oni ne yavlyayutsya nastoyashimi birmansami, a yavlyayutsya grajdanami Bangladesh i nelegalnimi immigrantami v Myanmu. Oni stradali ot nexvatki obrazovaniya, infrastrukturi, zdravooxraneniya i ekonomicheskogo razvitiya, vo vsem etom im namerenno otkazivali. Pervaya volna nasilstvennix presledovaniy privela k tomu, chto sotni tisyach lyudey bejali v Bangladesh v 1978 godu, bolshinstvu iz kotorix vposledstvii bilo razresheno vernutsya posle soglasheniya o repatriatsii, zaklyuchennogo Organizatsiyey Ob’edinennix Natsiy.
Odnako v 1982 godu Zakon o grajdanstve Birmi ogranichil grajdanstvo tolko temi «natsionalnimi rasami», kotorie bili pryamo upomyanuti v zakonoproyekte, v kotoriy ne vxodili roxindja, chto sdelalo ix litsami bez grajdanstva. Dalneysheye gosudarstvennoye nasiliye protiv roxindja proizoshlo v 1991-1992 godax i, nakones, v xode krupneyshey i samoy sistematicheskoy popitki iskorenit musulmanskoye naseleniye Myanmi, nachinaya s 2012 goda, kotoraya dostigla svoyego pika v «krizise roxingya» v 2015 godu. Eta skoordinirovannaya kampaniya protiv roxingya bila klassifitsirovana Upravleniyem Verxovnogo komissara OON po pravam cheloveka kak «genotsid» i «prestupleniye protiv chelovechnosti».
Nekotorie uchenie, analitiki i politicheskiye deyateli, v tom chisle laureat Nobelevskoy premii i yujnoafrikanskiy bores s aparteidom arxiyepiskop Desmond Tutu, sravnivali usloviya, v kotorix naxodyatsya roxindja v Myanme, s aparteidom. Posledneye masshtabnoye peremesheniye roxingya v 2017 godu pobudilo Mejdunarodniy ugolovniy sud provesti rassledovaniye prestupleniy protiv chelovechnosti, a Mejdunarodniy sud OON zanyalsya etim delom kak genotsidom.
Proyekt perevoda Korana dlya naroda roxindja
V takix obstoyatelstvax proyekt sozdaniya perevoda Korana na yazik roxingya bil predprinyat s selyu vospolnit nedostatok znaniy ob islame i protivostoyat podavleniyu yazika roxingya. Etot proyekt bil initsiirovan Kutubom Shaxom, roxindja, izuchayushim sravnitelnoye religiovedeniye v Mejdunarodnom islamskom universitete Malayzii. On sotrudnichal s knijnim magazinom "Dakwah Corner Bookstore", religioznim izdatelem, baziruyushimsya v Petaling Djaya, prigorode Kuala-Lumpura, kotoriy spetsializiruyetsya na islamskom obrazovanii na angliyskom yazike.

Poskolku yazik roxindja redko ispolzuyetsya v pismennoy forme, i, kak sledstviye, nemnogiye roxindja nauchilis yego chitat, nezavisimo ot sistemi pisma, komanda reshila predprinyat neobichniy shag: snachala predstavit ustniy perevod Korana na yazik roxindja, prejde chem nachat sozdaniye pismennogo perevoda.
Poetomu komanda perevodchikov nachala s sozdaniya audio- i videomaterialov. Pri etom oni ispolzovali ryad tolkovaniy Korana i perevodov na angliyskiy, urdu, bengali i birmanskiy yaziki, opublikovannix Kompleksom imeni Korolya Faxda v Medine. Knijniy magazin "Dakwah Corner" imeyet filial v Mekke, chto otrajeno v vibore etix istochnikov.
Rabota nad ustnim perevodom Korana nachalas v nachale 2021 goda i zavershilas v avguste 2023 goda. Polzovateli mogut vibirat iz professionalnix audio- i videofaylov, kotorie sochetayut chteniye Korana na arabskom yazike s ustnim perevodom na yazik roxindja.

Perevod Korana - put k vozrojdeniyu yazika roxindja
Na osnove ustnogo perevoda v nastoyasheye vremya sozdayetsya pismennaya versiya shriftom xanifi, kotoraya poka oxvativayet pervie pyat sur. Komanda perevodchikov otmetila, chto stolknulas s ryadom problem pri realizatsii etogo proyekta, pervoy iz kotorix yavlyayetsya istoriya ugneteniya yazika roxindja.

Oni pisali: "Xotya sistema pisma razvivalas v konse 1970-x godov, yee populyarnost bila ostanovlena iz-za sistematicheskogo genotsida, kotoromu podverglis yee nositeli."

Perevod Korana na etot yazik, veroyatno, bil pervoy popitkoy perevesti takoy tekst na yazik roxindja.
V marginalnix soobshestvax s musulmanskim bolshinstvom, takix kak roxindja, sushestvuyet potensial dlya sozdaniya simbioza mejdu yazikovimi proyektami, kampaniyami po soxraneniyu kulturi i usiliyami po prodvijeniyu i obucheniyu islamu. Proyekt Korana na yazike roxindja - lish samiy posledniy primer etogo, no, bezuslovno, odin iz samix vpechatlyayushix, blagodarya toy tshatelnosti i professionalizmu, kotorie bili prilojeni k yego realizatsii.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari