Bugun, 20 iyun' kuni Makkai mukarramaga haj amallarini ado etish uchun etib kelgan ziyoratchilarimizning dastlabki guruhi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida tantanali ravishda katta ehtirom va yuksak iltifotlar ila kutib olindi.
Ziyoratchilarimiz muhtasham mehmonxonaga yaqinlashib kelganlarida nashidlar-salavotlar aytildi, shirinliklar ulashilib, muqaddas zam-zam suvlari ila ikrom qilindi.
“Haj – 2022” mavsumi ishchi guruhi a'zolari, shifokorlar va mehmonxona mutasaddilari yurtdoshlarimizga tabassum bilan peshvoz chiqdilar. `
Hashamatli mehmonxonadan joylari tayin bo'lgan ziyoratchilarimiz bu erda mamlakatimizdan ularga xizmat ko'rsatish uchun birmuncha oldinroq etib kelib, katta hozirliklar ko'rib qo'ygan ishchi guruh a'zolari ehtiromi va mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlari hamda shirinliklaridan bahramand bo'ldilar.








O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotlarni izchil tashkil etish orqali ularning muammolarini hal qilishda samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning 25 mart kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi qabul ham ana shu ezgu ishlarning izchil davomi bo‘ldi. Unda murojaat qilgan har bir fuqaroning masalasi alohida diqqat bilan tinglanib, yechimlari yuzasidan choralar ko‘rildi.
Qabul davomida oilaviy munosabatlar, haj va umra ibodatlarini ado etish, shuningdek, masjidlar faoliyatiga oid savollar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi ishonchini mustahkamlash, ularning dardu tashvishlariga befarq bo‘lmaslikni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati