Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Mart, 2026   |   5 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:59
Quyosh
06:19
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:44
Xufton
19:57
Bismillah
25 Mart, 2026, 5 Shavvol, 1447

Hushxabar: Diniy ta'lim muassasalariga xorijlik fuqarolar ham qabul qilinadi

20.06.2022   2415   2 min.
Hushxabar: Diniy ta'lim muassasalariga xorijlik fuqarolar ham qabul qilinadi

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Ko'kaldosh” o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga 2022-2023 o'quv yilidan boshlab xorijlik fuqarolarni o'qishga qabul qilish joriy qilindi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi ma'lum qildi.

Horijlik fuqarolar diniy ta'lim muassasalari Qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

– Qabul hay'ati raisi nomiga ariza;
– ma'lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxasi;
– sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy xulosa (belgilangan namunadagi);
– milliy pasport (amaldagi vizasi bilan);
– 6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
– fuqaroligi bo'lgan mamlakatning muftiysi (mamlakatda muftiy lavozimi mavjud bo'lmagan taqdirda din ishlari bo'yicha tegishli davlat boshqaruvi organi) tomonidan berilgan tavsiyanoma (yoki yo'llanma).

Diniy ta'lim muassasalarida xorijlik fuqarolarning hujjatlari 2022 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.

Horijlik fuqarolar diniy ta'lim muassasalariga O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan o'tkaziladigan ijodiy suhbat (imtihon) natijalariga ko'ra o'qishga qabul qilinadi. Horijlik fuqarolarni Diniy ta'lim muassasalarida o'qitish to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Diniy ta'lim muassasalarida xorijlik fuqarolarni o'qitish ta'lim muassasalarining dasturida nazarda tutilgan o'zbek, arab va rus tillarida olib boriladi. Mazkur tillardan birini bilmaydigan xorijlik abituriyent til o'rganish uchun o'qishni ta'lim muassasasida tashkil etilgan tayyorlov kursida o'zbek va arab tillari bo'yicha to'lov-kontrakt asosida bir o'quv yili davomida til o'rgatiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Agar Alloh rahmli bo‘lsa… nega (jahannam)ni yaratgan?!

24.03.2026   4229   1 min.
Agar Alloh rahmli bo‘lsa… nega (jahannam)ni yaratgan?!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Agar Alloh rahmli bo‘lsa… nega (jahannam)ni yaratgan?!


“Qanday qilib Alloh bizga rahm qiladi… keyin esa bizni jahannamda azoblaydi?!”.


Doktor Mustafo Mahmudning javobi ateist kishining qalbini larzaga soldi: Alloh jahannamni sizni azoblash uchun yaratmagan, balki uni bu olamdagi zulm, yovuzlik va kibr bilan “chirib ketgan” nafslar uchun go‘yo bir “axlat qutisi” sifatida yaratgan!”.


Shuning uchun, u shunchaki jazo emas, balki zaruratdir?

Aslida do‘zaxning borligi Allohning rahmatini komilligidan: “Mazlumga rahm zolimni yo‘q qilinishidadir, – haqqa rahm – botilga o‘z joyini ko‘rsatib qo‘yilishidadir”.


Jahannam – jannatga loyiq bo‘lmagan barcha narsalarning joyidir. U – borliqni “ifloslantirgan” nafslardan poklaydigan manzildir. Bu – muhabbat va tinchlik mantig‘ini rad etgan qalblarning boradigan manzilidir.

 

Xulosa: Alloh insonlarga zulm qilmaydi. Balki insonlar o‘z amallari bilan o‘zlari uchun “jahannam”ni yaratadilar. Jahannam – inson o‘zi ixtiyor qilgan yo‘lning “oyna”dagi aksidir.

 

Alloh taolo ushbu mutlaq adolatni bunday ifoda qiladi:

أَفَنَجْعَلُ ٱلْمُسْلِمِينَ كَٱلْمُجْرِمِينَ مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

“Musulmonlarni jinoyatkorlarga o‘xshatib qo‘yarmidik?! Sizlarga nima bo‘ldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!” (Qalam surasi, 35–36-oyatlar).

 

“Ateist do‘stim bilan muloqot” kitobidan
Doktor Mustafo Mahmud rahimahulloh

 

 

Maqolalar