Diniy ta'lim muassasalarida quyidagi fanlar bo'yicha qabul imtihonlari o'tkaziladi
O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun abituriyentlar quyidagi fanlar bo'yicha ijodiy imtihon va test sinovlari topshiradilar.
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo'yicha:
- Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 H 3,1 – 93 ball;
- Arab tili (og'zaki, ijodiy imtihon) 63 ball;
- O'zbekiston tarixi (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.
Hadis ilmi maktabi bo'yicha:
- Hadis va Mustalahul hadis (og'zaki, ijodiy imtihon) 93 ball;
- Arab tili (og'zaki, ijodiy imtihon) 63 ball;
- O'zbekiston tarixi (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.
O'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari bo'yicha:
- Horijiy til (test sinovi) 30 H 3,1 – 93 ball;
- Tarix (test sinovi) 30 H 2,1 – 63 ball;
- Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 H 1,1 – 33 ball.
Qabul imtihonlari fanlari bo'yicha maslahatlarni tashkil etish
va imtihonlarni o'tkazish sanasi to'g'risida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
2022-2023 o'quv yili qabul jarayonlari bo'yichahttps://t.me/qabulmuslimuztelegram bot orqali qo'shimcha ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi
Turkiyaning nufuzli tahlil markazi ANKASAM (Ankara Kriz ve Siyaset Araştırmaları Merkezi) mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’limni takomillashtirish, islom merosini ilmiy asosda o‘rganish va jahonga tanitishga qaratilgan keng qamrovli ishlarga yuqori baho berdi.
Turkiyaning nufuzli tahlil markazi ANKASAM (Ankara Kriz ve Siyaset Araştırmaları Merkezi) O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qildi.
“Yangi O‘zbekiston: Diniy sohadagi islohotlarning muvaffaqiyat formulasi” deb nomlangan ushbu tahliliy maqolada mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’limni takomillashtirish, islom merosini ilmiy asosda o‘rganish va jahonga tanitishga qaratilgan keng qamrovli ishlarga yuqori baho berilgan.
ANKASAMga ko‘ra, O‘zbekistonda qabul qilingan yangi siyosat va inson qadrini ustuvor qiymat sifatida belgilagan yondashuv so‘nggi yetti yilda diniy sohada chuqur, tizimli islohotlarni amalga oshirishga poydevor bo‘ldi. Xususan, tahlilchilarning tomonidan davlat va din munosabatlarini demokratiya va ma’rifat asosida qayta yo‘lga qo‘yish, diniy ta’lim muassasalarini xalqaro andozalarga mos ravishda rivojlantirish, ilm-fan va ma’rifatni islom dini bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar e’tirof etilgan.
Maqolada ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kabi muassasalarning faoliyati, ular orqali islom dinining haqiqiy insonparvarlik va ma’rifiy mohiyati keng yoritilayotgani ta’kidlangan. Ushbu markazlar faqat diniy emas, balki ilmiy-tadqiqot, madaniy-tarixiy merosni saqlash va ommalashtirish vazifasini ham bajarmoqda.
ANKASAM tahliliga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlarning muvaffaqiyati – bu siyosiy iroda, strategiyali yondashuv, ilmiy asos va xalqaro hamkorlikni o‘zida uyg‘unlashtirgan modeldir. Shu jihatdan, O‘zbekiston tajribasi mintaqa davlatlari va islom olami uchun o‘rganishga arziydigan namunalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
ANKASAM kabi xalqaro nufuzga ega tahlil markazlari tomonidan bu kabi tahliliy maqolalar e’lon qilinishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi, xalqaro standartlarga mosligi va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.