Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Gunohlar qayerga etaklaydi?

21.12.2023   1772   2 min.
Gunohlar qayerga etaklaydi?

Hazrat Sayyid Amir Kulol deydilar:

♦️ Chiroyli xulqli bo'lish nasl-nasabning yomon taraflarini berkitib turadi.

♦️ Har doim, hamma vaqt Rasulullohga ergashgan kishini Alloh taolo turli karomat, valiylik va maqtovli xislatlar bilan orasta qilur.

♦️ Bizda neki yaxshi hol bo'lsa, barchasi gumnomligimiz (ya'ni xilvat dar anjuman qilib, xoksor bo'lmoq) samarasidir.

♦️ Odam toki taqvodor bo'lmas ekan, Alloh taolo uni bu tariqda – xojagon mashoyixining muborak yo'lida yurgizmas.

♦️ Zinhor shariatga muxolif ish qilmanglar. Chunki gunohlar insonni jahannamga etaklaydi. .

♦️ Ey yoronlarim! Shuni yaxshi bilingizkim, har kimki Hudoyi tabaroka va taolodan botinida ham, zohirida ham qo'rqsa, Hudovand azza va jalla barcha narsani u bandadan qo'rqadigan qilib qo'yadi.

♦️ Hudoyi taoloning ma'rifatiga oshno bo'lganlikning alomati kishi zohirda ham, botinda ham Alloh taolodan qo'rqmog'idir. Taqvodor banda jannatga kirgusi. Chunonchi, Haq subhonahu va taolo marhamat qildikim: ذلك لمن خشيى ربّه “Zalika li-man xoshiya Robbah”, ya'ni: “Bu (jannat) Parvardigoridan haqiqiy qo'rqqan mo'min banda uchundir”.

♦️ Alloh tabaroka va taoloning xos bandalari shul kimsalardirki, ular janob Rasululloh alayhissalotu vassalomga mutobaat qilurlar, ahli sunna val jamoa aqidasiga e'tiqod qilib yashaydilar. Shariatdan bir qadam ham chetga chiqmaydilar, o'zlarini Haq subhonahu va taolo xizmatiga baxsh eturlar. Dillarini g'aflat pardasi qoplamasligi uchun har doim hushyordirlar, kunduzlari ham, tunlari ham Kalomulloh tilovatida bardavomdirlar.

♦️ Agar tariqat kishisi dunyoga berilsa, duosi hijoblanur, ya'ni duo-iltijolari qabul bo'lmas.

Bahriddin UMRZOQOV
to'pladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   580   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar