O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig'iga binoan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Musulmonlar idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom bilim yurtlari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey va Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o'rtasida “Vatanni sevmoq imondandir” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, “Vatanni sevmoq imondandir” mavzusidagi insholar tanlovi ikki bosqichda o'tkazilmoqda. Birinchi bosqich – joriy yilning 2-7-iyun kunlari o'rta maxsus islom bilim yurtlari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey va Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi talabalari hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi fakul'tet talabalari o'rtasida o'tkazildi. Unda ijodiy ishlari bo'yicha jami 45 nafar 1, 2, 3-o'rinni egallagan talabalar respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lgan kiritishdi.
Tanlovning yakuniy respublika bosqichi kuni kecha, 14 iyun kuni boshlandi. Tanlov doirasida ishtirokchi talabalar uchun taniqli adiblar Abdusaid Ko'chimov, Hurshid Do'stmuhammad va Minhojiddin Hojimatov ishtirokida «Yangi O'zbekiston adabiyotida inson ma'naviyati» va «Yangi O'zbekistonning ustuvor maqsadi — Uchinchi Renessans» mavzularida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar O'zbekiston milliy akademik teatriga tashrif buyurib, u erda «Jaloliddin Manguberdi» spektaklini tomosha qilib, “Toshkent sity” majmuasi, Kongress-holl va “Hilton” mehmonxonasiga sayohat qilishdi.
Tanlov davom etmoqda.
Uning respublika bosqichi faol ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".