Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Kitob – bilimlar kaliti

14.06.2022   3067   9 min.
Kitob – bilimlar  kaliti

Kitobdan yaxshiroq do'st yo'q jahonda

G'amxo'ring bo'lgay u g'amgin zamonda.

U bilan qol tanho hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

 

Abduraxmon Jomiy

 

Muqaddas Islom dini ilmu ma'rifatga targ'ib qiluvchi dindir. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan dastlabki oyatlarda ilm olishga undash ma'nosi borligining o'zi ham Islom ilmu ma'rifat dini ekanligining yorqin dalilidir:

  “O'qing (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz ismi bilan!” (Alaq-1).

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) shunday deganlar: «Sulaymon ibn Dovud(a.s.)ga ilm, mol-dunyo va podshohlikdan birortasini tanlashlik ixtiyori berilganda, u Zot ilmni tanladilar. Natijada, Alloh taolo u Zotga ilm bilan birga mol-dunyo va podshohlikni ham qo'shib berdi». Zero, ilm aql chirog'i, deydilar. Ilmli kishining yo'li doimo charog'on bo'lib, u hamma erda ham qadrlanadi. Bu dunyoning qoim turishi ham olimlarning ilmiga bog'liq ekanligi Payg'ambarimiz (s.a)ning hadislarida bayon etilgan. Hazrati Ali (k.v.) shunday deganlar: «Ilm mol-dunyodan yaxshidir, chunki ilm seni nojoiz ishlarni qilishdan saqlaydi. Molni esa o'g'irlab ketmasliklari uchun o'zing qo'riqlaysan. Mol-dunyo sarf qilinsa kamayadi, ilm esa tarqatish bilan yanada ziyoda bo'laveradi».

Kitob — insonnint eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo''tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimiznint qon- qoniga singib ketgan. Shu ma'noda bugungi kunda kitob o'qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki aksariyat yoshlar ko'proq  komp'yuter va ijtimoiy tarmoqlarga  berilib ketishdi. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin. Achinarlisi,  kitob o'qish  uchun vaqt sarflashga hojat yo'qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofil'm badiiy asar o'rnini bosolmaydi. Masalan, “O'ttan kunlar” romani asosida ishlangan fil'm qanchalik mahorat bilan suratta olingan bo'lmasin, kitobning ta'sirini, jozibasini berolmaydi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog'liq. Ma'rifatli oilalarda kitobga e'tibor farzandlar tarbiyasida qo'l keladi. Inson o'zining fikrlash qobiliyati, ma'naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan  ajratib  turuvchi omillardan biri ham uning ma'naviyati hisoblanadi.

Ho'sh, biz insonlar ma'naviy ozuqani qayerdan olamiz? Albatta, “bilimlar manbai” bo'lmish kitobdan. Kitob – bebaho boylik ekani barchamizga ma'lum. Birorta san'at turini televideniye va radio, zamonaviy komp'yuterlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o'rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. “O'zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o'z davridagi allomalardan biri.

Darhaqiqat, kitob bizning do'stimiz hisoblanadi. Lekin afsuski, bugungi kunda oramizda bu bebaho-ma'naviy boylikdan bahramand bo'lish o'rniga “Internet kafe”larda vaqtini behuda o'tkazayotgan yoshlar uchrab turadi. Avvallari na komp'yuter, na internet bo'lgan. Ota- bobolarimiz “Boburnoma”, “O'tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” singari bebaho asarlarni o'qib, ulg'ayishgan. Ho'sh bugunchi? Ko'pchilik, ayniqsa, yoshlar internetni kitobdan afzal bilishadi. Shu o'rinda bu zamonaviy axborot vositasining salbiy oqibatlari ham yo'q emas. U tufayli bugun kitobga bo'lgan mehr tobora kamayib boryapti. 

Biz qancha ko'p kitob o'qiganimiz sari, shuncha tushunchamiz kengayadi. Afsuski, ko'p yoshlar internetni kitobdan ustun qo'ymoqda. Bu esa ularni dangasalikka giriftor qilmoqda. Kitob – bu oftob, u bilimlar sarchashmasidir. Kitobni inson tafakkurinint qanotlariga o'xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng ma'rifatli kishilar jamiyatnint chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro'y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma'rifatsizlik, kitob o'qimasliknint achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma'naviyatsizlik mo'rt qiladi. Ma'naviyat esa insonga kitob o'qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatnint ming-ming yillar davomida qo'lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o'zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma'rifat, odob va axloq manbai bo'lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko'ra qudratliroq vosita yo'q. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobnish o'rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o'sib boraveradi. Ne-ne ulug' zotlar kitobga oshno bo'lib, etuklikka erishgan, komil inson darajasiga etishganlar.

Kitob – inson ma'naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o'qigan inson mulohazali, bilimli bo'lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o'zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo'lib ulg'ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog'cha va maktablarda bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirish ota-onalarning, o'qituvchilarning vazifasi.

Ko'p kitob o'qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, etuk inson sifatida hayotda o'z o'rnini topa oladi. Biroq, bugungi kunda kitobga, kitob o'kishga bo'lgan ehtiyoj va intilish, ayniqsa, yoshlar orasida tobora kamayib bormoqda. Bu esa juda achinarlidir. Qanchadan qancha kitoblar, kitob javonlari va do'konlarida shunchaki ko'rgazma sifatida turibdi. Tabiiy savol tug'iladi. Nega shunday? Nima uchun kitob o'qimay qo'yyapmiz?

Ming afsuski, kitob o'qish o'rniga qimmatli vaqtini qandaydir bekorchi holatlarga, turli ko'ngilochar o'yinlarga sarflayotgan insonlar ham oramizda oz emas. Undaylar fikrlashda, o'zini tutishda ham ma'naviyati yuksak emasliklarini namoyon etib qo'yishadi. Texnika asri davrida yashayapmiz, kundan-kunga texnik vositalar taraqqiylashib, ularga bo'lgan ehtiyoj ortib bormokda. Hususan, qo'l telefonlari, turli internet tizimini bunga misol qilishimiz mumkin. To'g'ri, Yurtimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Chunki millatimiz sha'nini, milliy g'ururimizni yuksaltiruvchi bu – yoshlar. Shu bois, turli millat va elatlarning yoshlari kabi o'zbek yoshlari ham dunyo bilan muloqotda bo'lishi kerak. Bunga hech qanday to'siq yo'q. Lekin ayrim yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish o'rniga, internetdagi ko'ngilochar o'yinlar, tanishuvlar, yoshlar ongini zaharlovchi saytlarga kirib, u erdagi ma'lumotlar bilan tanishmoqdalar. Buning oqibatida ularning dunyoqarashi bir tomonlama bo'lib qolmoqda.

Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo'ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug'ida kitob mutolaa qilganlar. So'z mulkining sultoni Navoiy xazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod hadisni yod bilgan. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bo'lmagan. Lekin ular o'z maqsadlari sari intilib, yuksak ma'naviyat sohibiga aylanishgan. Demak, biz uchun berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanish xar birimizning o'zimizga bog'liq. To'qlikka sho'xlik esa o'zbek millatining yoshlariga xos fazilat emas. Aslini olganda, ayrim yoshlarimiz bunday loqaydlikdan yirok. Ular o'zlarining hur fikrligi va yuksak ma'naviyati bilan ajralib turadi. Birok, guruch kurmaksiz bo'lmagani kabi insonlar orasida xam ma'naviy kashshoq kishilar yo'q emas. Bundaylarning loqaydliklari natijasida “engil hayot” ixlosmandlari safi ortib bormokda. Okibatda kitob o'kish unutilmokda. Ma'naviyati sayoz, kitob o'qimaydigan insonlar oilasida tarbiya topayotgan farzandlar kelajakda barkamol shaxs bo'lib ulg'aymaydi.

Shu bois, har bir inson bilimlar kaliti bo'lmish – kitob bilan do'st bo'lmog'i lozim. Axir dunyoda kitobdan ko'ra yaxshiroq do'st va maslakdosh yo'q. 

Atoqli adibimiz Oybek ta'rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma'noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg'a bo'lsin. Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma'naviy etuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sadoqatli, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo'lib kamol topadilar.

 

Odiljon Narzullayev

Yangiyo'l tuman «Imom Sulton» jome masjidi
imom-xatibi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Istig‘forning 72 ta xislati

02.06.2025   5437   4 min.
Istig‘forning 72 ta xislati

ISTIG‘FOR ning 72 ta XISLATI

                                       ni

    ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

 

 

Kalomulloh – Qur’oni karimning

muborak oyati karimalaridan

va

Janobi Payg‘ambarimiz

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning

muborak hadisi shariflaridan

       ISTIG‘FOR ning 72 ta XISLATI:

 

 

  1. Alloh taologa itoatgo‘y banda istig‘for aytadi.
  2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi.
  3. Istig‘for aytuvchi odam imon halovatiga erishadi.
  4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi.
  5. Istig‘for aytuvchining gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.
  6. Istig‘for aytuvchiga ne’matlar ko‘paytirib beriladi.
  7. Istig‘for bandaning ikki dunyoda ham martabasini ko‘taradi.
  8. Istig‘for baxt-saodat olib keladi.
  9. Istig‘for tufayli istig‘for aytuvchi ham, atrofdagi odamlar ham buzuqliklardan poklanadi.
  10. Istig‘for yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ladi.
  11. Istig‘for mol-dunyoga baraka kiritadi.
  12. Istig‘for aytuvchi inson farzand ne’mati bilan siylanadi.
  13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istig‘for aytish bilan uzviy bog‘liq.
  14. Istig‘for aytuvchi jahannamdan najot topadi.
  15. Istig‘for bandaning jannatga kirishiga sabab bo‘ladi.
  16. Istig‘for Alloh taoloning rahmati tushishiga sabab bo‘ladi.
  17. Istig‘for tanani baquvvat qiladi.
  18. Istig‘for aytuvchi odamning hayoti farovon bo‘ladi.
  19. Istig‘for aytuvchiga yaxshiliklar ko‘paytirilib beriladi.
  20. Istig‘for inson ko‘nglini xotirjam qiladi.
  21. Istig‘for boshga tushgan balolarni daf etadi.
  22. Istig‘for bandani Alloh taologa yaqinlashtiradi.
  23. Istig‘for aytuvchi odam Alloh taoloning rahmat-marhamatiga sazovor bo‘ladi.
  24. Istig‘for banda holatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
  25. Istig‘for g‘iybatga kafforat bo‘ladi.
  26. Istig‘for shayton vasvasasini qaytaradi.
  27. Alloh taolo istig‘for aytgan bandani yaxshi ko‘radi.
  28. Istig‘for aytish Alloh taoloni xursand qiladi.
  29. Istig‘for g‘am-tashvishlarni ketkazadi.
  30. Istig‘for aytuvchi muammolaridan qutuladi.
  31. Istig‘for aytuvchi odam gunohlardan forig‘ bo‘ladi.
  32. Istig‘for aytuvchi muvaffaqiyat qozonadi.
  33. Istig‘for tashvishlarni aritadi.
  34. Ko‘p istig‘for aytuvchi odam kasallikdan to‘liq tuzalib ketadi.
  35. Istig‘for aytuvchi odam qiyinchilikdan farovonlikka chiqadi.
  36. Alloh taolo istig‘for aytuvchining mushkullarini oson qiladi.
  37. Yetib bo‘lmas marralarni istig‘for ila zabt etadi.
  38. Istig‘for ila dildagi vasvasalar yo‘qoladi.
  39. Istig‘for bilan qo‘rquvlar ariydi.
  40. Istig‘for bilan dilga quvonch kiradi.
  41. Istig‘for qalbga taskin beradi.
  42. Istig‘for ko‘ngilni xotirjam qiladi.
  43. Istig‘for tinchlik-xotirjamlik olib keladi.
  44. Istig‘for insonni sog‘lom qiladi.
  45. Istig‘for kasalliklarni aritadi.
  46. Istig‘for aytuvchi odam yorug‘ kunlarga erishadi.
  47. Istig‘for bilan inson orzusiga yetadi.
  48. Istig‘for aytuvchining dili yayraydi, ko‘ngli yoziladi.
  49. Istig‘for xursandchilik olib keladi.
  50. Istig‘for qalbni charog‘on, ruhni tetik qiladi.
  51. Istig‘for aytuvchining xotirasi kuchayadi.
  52. Istig‘for yuzni nurli qiladi.
  53. Istig‘for rizq kelishini osonlashtiradi.
  54. Istig‘for aytuvchining duosi qabul bo‘ladi.
  55. Alloh taolo istig‘for aytuvchining og‘irini yengil qiladi.
  56. Ko‘p istig‘for aytgan odam Qiyomat kuni nomai a’molini ko‘rib xursand bo‘ladi.
  57. Olamdan o‘tib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istig‘forlari tufayli jannatda eng yuqori martabalarga ko‘tarilishadi.
  58. Istig‘for odamni tushkunlikdan xalos etadi.
  59. Istig‘for hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi.
  60. Istig‘for qalbni tiniqlashtiradi.
  61. Istig‘for aytib yuruvchi odamga Alloh taolo har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini ko‘rsatadi.
  62. Istig‘for aytib yuruvchi odamning Alloh taolo musibatlarini ko‘taradi.
  63. Istig‘for aytib yurgan bandaning Alloh taolo har qanday qiyinchiliklarini yengillashtiradi.
  64. Istig‘for aytib yuruvchi inson qashshoqlikka yo‘liqmaydi.
  65. Istig‘for aytuvchining ishlari yurishadi.
  66. Istig‘for er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikni daf etadi.
  67. Istig‘for farzandlarni itoatli qiladi.
  68. Alloh taolo istig‘for aytib yurgan odamga kutmagan tarafidan ne’mat, rizq jo‘natadi.
  69. Istig‘for aytuvchi odamning rizqi ulug‘ bo‘ladi.
  70. Istig‘for aytuvchi odamning kasb-koriga Alloh taolo xayr-baraka beradi.
  71. Kim mo‘minlar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min muqobilida bittadan hasanot yozib qo‘yadi.
  72. Istig‘for aytilgan xonadonga ilohiy fayzu xayr-baraka kiradi.

 

Mehribon Parvardigorimiz

o‘zlarimizni ham,

farzand-zurriyotlarimizni ham

O‘zi buyurgan,

Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom tavsiya etgan,

o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan,

xalqimiz xursand bo‘ladigan,

ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

Ibrohim domla Inomov

Ibratli hikoyalar