Shu yil 10 iyun' kuni Menjinskiy ko'chasi, 90-uyda joylashgan Astraxanda Yashil masjid ochildi. Ushbu hudud sobiq Tsarevskaya Sloboda nomi bilan tanilgan va inqilobdan oldin 8-masjid deb nomlangan diniy binoning o'zi boy va juda qiziqarli tarixga ega.
Islam.ru xabariga ko'ra, Yashil masjid deyarli yuz yil davomida o'sha paytdagi ko'plab ibodatxonalar singari 1938 yilda yopilgunga qadar mo'min musulmonlarni ma'naviy jihatdan jalb qilish markazi bo'lib kelgan edi. Binoni madaniy va ijtimoiy ehtiyojlar ostiga berildi. Ko'p yillar davomida 2012 yilda uni qayta qurish boshlangunga qadar masjid boshqa maqsadlarda ishlatilgan.
Tashabbuskorlar mahalliy aholi bo'ldi. Qayta tiklash uchun mablag'lar, an'anaga ko'ra, mazhabga mansubligidan qat'iy nazar, hamma tomonidan to'plangan.
Shuningdek, katta qo'llab-quvvatlashni ko'rsatgan homiylar ham topildi. Va bugungi kunda Yashil masjid ibodat uchun birinchi musulmonlarni qabul qilmoqda. Aytgancha, u taxminan 250 kishini sig'diradi.
Uzoq kutilgan voqeani nishonlashda Astraxan viloyati gubernatori Igor' Babushkin, Rossiya Oliy muftiysi, Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi Talgat Tajuddin va Astraxan viloyati musulmonlari mintaqaviy diniy idorasi raisi Rauf Djantasovlar mo'min musulmonlar bilan birga bo'lishdi.
"Barchangizni Yashil masjidning ochilishi bilan tabriklayman. Bu boy tarixga ega va musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, u ma'naviy ma'rifat va islomning asl qadriyatlarini tarqatish markaziga aylanadi, shuningdek mintaqamizda dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Igor' Babushkin.
Viloyat rahbari sovg'a sifatida Yashil masjid imom-xatibi Zinur Samigulinga Qur'oni Karimni sovg'a qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan ochiq va samimiy muloqotlari fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Diniy idoraga kelgan bir guruh fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, arz va takliflarini tingladilar.
Muloqot davomida imomlar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ustozdan xayrli duo olish niyatida kelganlar, o‘zlari yozgan kitoblarini taqdim etganlar ham bo‘ldi. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga esa belgilangan tartibda tegishli ko‘mak ko‘rsatildi.
Samimiy qabul va ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun bo‘lgan fuqarolar minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.
Darhaqiqat, inson dardiga sherik bo‘lish, uning tashvishini yengillatish — savobi ulug‘ amaldir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:
«Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Eslatib o‘tamiz, bunday qabullar O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklari hamda barcha jome masjidlarida har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati