Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Komil mo'minning nishonasi

14.06.2022   1203   1 min.
Komil mo'minning nishonasi

Insonning har bir a'zosining alohi­da vazifasi bor. Masalan, ko'zning va­zi­­fasi ko'rish, quloqning vazifasi – eshitish, tilning vazifasi – so'zlash va qalbning ishi sevishdir.

Qalb yo Alloh taoloni sevadi yoki U zotning maxluqlarini yaxshi ko'radi. Bandaning qalbida yo oxirat muhabbati yoki dunyo muhab­bati bo'ladi. Oxiratning muhabbati bilan qalb yaxshilik­larga shoshadi. Dunyo muhabbati esa, hadisi sharifda bunday ta'riflangan:

حُبُّ الدُّنْيَا رَأْسُ كُلِّ خَطِيئَةٍ

ya'ni “Dunyo muhabbati hamma yomonliklarning boshidir” (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Ulamolarimiz ushbu hadisning sharhini bunday bayon qilganlar:

وَ تَرْكُهَا مِفْتَاحُ كُلِّ فَضِيْلَةٍ

“Dunyoning muhabbatini (qalbdan) chiqa­rish har bir fazilatning kalitidir”. Ya'ni, dunyo muhabbatini qalbdan chiqarib tashlash va Alloh taoloning muhabbatini qalbga joylash mukammal mo'minlikdan dalolatdir.

 

Shayx Zulfiqor Ahmad

NAQShBANDIY

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

21.07.2025   3558   1 min.
Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

Savol: O‘qilgan namozimdan ko‘nglim to‘lmadi. Shu namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu masalaning biroz tafsiloti bo‘lib, unga ko‘ra namoz quyidagi holatlarda qayta o‘qilishi lozim:
•  Namozda biror farz amal bajarilmay qolib ketgan bo‘lsa;
•  Namozda biror vojib amal qasddan bajarilmay qolib ketsa;
•  Namozda biror vojib amal unutib bajarilmasa va namoz oxirida sajdai sahv ham qilinmay tugatilgan bo‘lsa.

Agar namozda sunnat amallar tark qilingan bo‘lsa yoki namoz makruhlik bilan o‘qilgan bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qish vojib emas, balki mustahab  (chiroyli sanalgan) ish hisoblanadi. Ushbu holatda qaytadan o‘qimasa ham gunohkor sanalmaydi.
Savolda so‘ralgan holatga kelsak, ko‘ngil to‘lmasligi yuqorida sanab o‘tilgan farz yoki vojib amal tark qilingan holatlar sababli bo‘lsa, namoz qayta o‘qilishi kerak. Ammo haqiqatda sobit bo‘lmagan shubha-gumonlar, vasvasalar sababli ko‘ngil to‘lmayotgandek bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qilmaydi. Chunki ko‘p hollarda “ko‘nglim to‘lmayapti”, deb namozni qayta-qayta o‘qiyverish insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va vasvasa kasaliga chalinishiga olib keladi.

Shunday ekan, namozda bajariladigan farz, vojib, sunnat amallar haqida yaxshi o‘rganish, eng asosiysi turli xayollarga chalg‘imasdan namozni e’tibor bilan ado etish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.