Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Allohga tavakkal qiling!

21.12.2023   1524   3 min.
Allohga tavakkal qiling!

Mashhur ishbilarmonlardan biri bilan bo'lgan intervyuda undan hayotidagi esda qolarli, eng ajablanarli voqea haqida so'rashibdi.

U aytibdiki: “Bir kuni tunda o'zimda ikkilanish, taraddudlanish his qildim, keyin ochiq havoga chiqib sayr etishga qaror qildim. Eshigi ochiq bir masjid yonidan o'tdim. Ichimda o'zimga-o'zim: “Kirib, ikki rak'at namoz o'qisam bo'lmaydimi?!” dedim va masjid ichiga kirdim, qarasam masjidda bir kishi qiblaga yuzlanib, qo'llarini ko'tarib duo qilayotgan ekan. U yolvorib duo qilayotgan edi. Shundan bildimki, uning biror muammosi bor ekan. Duo qilib bo'lgach oldiga borib, dedim: “Biror muammosi bor odamdek duo qilyapsiz, nima gap o'zi?” U: “Bo'ynimda qarzim, shu meni bezovta qilyapti”, dedi.

- Qancha?

- To'rt ming.

Cho'ntagimdan pulni chiqarib unga to'rt ming berdim, u juda xursand bo'ldi va menga rahmat deb, haqqimga duo qildi. Keyin tashrif qog'ozimni olib unga: “Buni oling, biror ehtiyojingiz yoki muammoyingiz bo'lsa hech ikkilanmay ishxonamga keling yoki qo'ng'iroq qiling!” dedim. Men uni bu taklifdan xursand bo'ladi deb o'ylagandim, biroq uning javobi meni hayratda qoldirdi! Bilasizmi nima dedi?! Aytdiki: “Yo'q, birodar, Alloh sizni mukofotlasin, bu tashrif qog'oziga ehtiyojim yo'q. Men biror ehtiyojim bo'lsa darrov ikki rakat namoz o'qiyman va qo'limni duoga ochib, hojatimni Allohdan so'rayman. Alloh tez orada hojatimni ravo etadi, xuddi shu safar siz orqali ravo etganidek!”.

Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini shunda tushunib etdim: “Agar Allohga haqiqiy tavakkal qilsangiz, Alloh xuddi qushga rizq bergandek – bo'm-bo'sh kelib, qorin to'yg'azib ketganidek, rizqingizni beradi”.

Masjiddan Alloh taoloning quyidagi oyatini takror-takror qaytarib chiqdim: “Va barhayot, o'lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o'ta xabardor bo'lishda Uning O'zi kifoyadir” (Furqon surasi, 58-oyat).

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   514   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar