Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Otangga ovozingni ko'tarma, aks holda...

09.06.2022   1281   4 min.
Otangga ovozingni ko'tarma, aks holda...

Bilginki, agar seni otang tanbeh berib urishayotgan bo'lsa, bu otang seni yomon ko'rishini anglatmaydi.

Bilginki, otang sendan bir narsani juda qattiq talab qilayotgan bo'lsa, u senga yaxshi bo'lishini xohlayotgan bo'ladi.

Agar otang sukut qilib turgan bo'lsa, sening kelajaging haqida tafakkur qilayotgan bo'ladi.

Otang senga nisbatan iqtisod qilayotgan bo'lsa, uni qizg'anchiq deb o'ylama. U senga iqtisod qilgan chog'ida, o'zining nafsiga hamma narsani harom qilgan bo'ladi.

Otang agar «uh» tortayotgan bo'lsa, buning sababi faqat sen bo'lasan, ey farzand!

Agar otang kulayotgan bo'lsa, uni baxtli qilayotgan ham sen bo'lasan.

Agar otangni qiynalayotganini ko'rsang, demak, sen uning nasihatlariga quloq solmayapsan.

Agar otang uyining eshigini senga yopgan bo'lsa, sen sira xafa bo'lma. Otang eshikni yopib, ichkarida hech kimga bildirmay yig'layotgan bo'ladi.

Agar otangga ovozingni baland qilayotgan bo'lsang, sen uni o'ldiribsan. Ya'ni uni mahzunlik va g'amga to'ldirib tashlash bilan qatl qilibsan.

Agar sen o'zingni adashgan va zoye qilingan holda ko'rsang, demak, otang senga g'azab qilibdi.

Ey farzand! Agar otangni to'shakka yotgan, holsiz, jim, harakatsiz holda ko'rsang, sen eng katta suyangan tog'ingdan ajralibsan. Shunday bir bo'shliqni paydo qilibsanki, uni endi hech qanday xotiralar to'ldira olmaydi. Bir narsani anglaginki, otang o'tishi bilan barcha yaxshiliklar va bu zamona ham sendan o'tgan bo'ladi.

Ota bizning aslimizdir. Farzand esa natija hisoblanadi. Chunki bizda otamizning qoni oqadi. Bir insonning qonini butunlay almashtirgan taqdirda ham u boshqa inson bo'lib qolmaydi. Unda baribir otasining qoni paydo bo'laveradi. Harom qon degan atama bor. Bu terminni tibbiyot sohasida ham keng qo'llashadi. Kislorodga to'yinmagan qon – harom qon hisoblanadi. Kislorodga to'yinmagan qonni yurak qayta ishlay olmaydi. U shu holida butun tanaga tarqalib ketadi. Bunday qon esa badanni buzadi. Ma'naviy ma'noda esa harom qon farzandlarni ota-onaning yuziga tek qaraydigan va gapga unamaydigan qilib qo'yadi. U doimo ota-onasiga zarar beradi. Bu mavzuni nega gapirayapmiz? Bu mavzuni ko'tarishdan maqsad nima aslida?

Bugungi kunda bir nechta farzandi bor, farzandlarining har biri shaxsiy mashinaga ega, ammo ota to'rva ko'tarib bekatda avtobus kutib turishini qanday tushunish kerak? Yoki otasi bilan er talashib sudlashayotgan o'g'ilni nima deb atash mumkin? Ota-onasi o'tgandan keyin uning mol-mulkini talashib, arzimagan narsalar uchun yuzko'rmas bo'lib ketayotgan aka-uka, opa-singillarning ishini qanday qabul qilish kerak?

Ota-ona biz uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham javob beradi. Aslida hamma o'zining qilgan gunohiga javob beradi. Ammo ota-onalarimiz azbaroyi bizga yaqinliklari uchun bizning qilayotgan va qilgan gunohlarimizga javobgar bo'ladilar. Ota-ona va farzand o'rtasida rishta bo'lgani uchun. Farzandlar hech qachon ota-onasini muhokama qilishi mumkin emas. Farzand ota-onasiga nisabatan doim xolis bo'lishi kerak. Ota-ona ham farzand tarbiyasida o'z o'rniga ega bo'lishi kerak.

Oila buzlib ajrim holatlari kuzatilganda ham ota farzandning tarbiyasida qoim bo'lmoqligi lozim. Farzandni otadan ajratishga hech kimning haqqi yo'q. Ota masofadan bo'lsada, farzand tarbiyasiga qattiq e'tibor berishi kerak. Avvalo, o'zini yomon illatlardan poklamog'i darkor. Ota-ona jannat kalitidir. Ularning farzand haqqiga qilgan duosi farzandning baxt va kamolga etishtiruvchidir. Hayot chog'ida bu ikki buyuk zotning xizmatida bo'lish, duolarini olish, roziliklariga etishish har bir insonga nasib aylasin. Hayotdan o'tgan chog'larida esa o'zimizning xayrli ishlarimiz bilan, halol yashash tarzimiz bilan ularning haqlariga duolar qilib, Alloh taolo o'z rahmatiga olishini so'raylik.

Sayyid Rahmatulloh TERMIZIY,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

07.07.2025   3294   1 min.
Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

 

Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

O'zbekiston yangiliklari