Musulmonlarning asosiy ziyoratgohi – Makkadagi muazzam Ka'ba bo'lajak hajga tayyorlandi. Ikki Muqaddas masjid Bosh boshqarmasi ixtisoslashgan guruh Ka'ba yuzasini yuvish uchun eng so'nggi zamonaviy tozalash texnologiyalaridan foydalandi.
Islam.ru xabariga ko'ra, jamoa dastlab Ka'ba yuzasining barcha qismlarini changdan tozaladi. So'ngra nam mato bilan artib chiqdi. Keyin sirt suv bilan yuvilgan va quriganidan keyin yana atirgul suvi bilan yuvilgan.
Rasmiy xodimning so'zlariga ko'ra, yangi usul va texnologiyalardan foydalanish tozalash ishlarini tezlashtirish va xarajatlarni kamaytirishga yordam berdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati