Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2026   |   26 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2026, 26 Rajab, 1447

20.12.2023   1614   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi amalda: "Vaqf" fondi yoshlarning xorijda ta’lim olishiga ko‘maklashmoqda!

15.01.2026   1022   1 min.
Prezidentimiz tashabbusi amalda:

Shu yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Malayziyaning Al-Buxoriy xalqaro universiteti hamkorligida bir guruh yoshlar Malayziyada ta’lim oladigan bo‘lishdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan marosimda Diniy idora rahbariyati nomidan rais o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov so‘zga chiqib, xorijga otlanayotgan yoshlarga maslahatlar berib, muvaffaqiyat tilab, haqlariga duolar qildi. Ularga ona Vatanni qadrlashga undovchi, ma’naviyatni oshiruvchi adabiyotlar va bukletlar hadya qilindi. 

Tadbirda talabalar va ularning ota-onalari shunday sharoitlar qilib bergani uchun davlatimiz Rahbariga va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirishdi. Yoshlar kelgusida astoydil ta’lim olib, bildirilgan ishonchni oqlashga, malakali mutaxassis bo‘lib, yurtimiz koriga yarashga va’da berishdi.

Xalqaro universitetda o‘qish baxtiga muyassar bo‘lganlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Malayziyaga kuzatildi.
Ma’lumot o‘rnida, Al-Buxoriy xalqaro universiteti bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan kelgan 1500 ga yaqin talabaga biznes boshqaruvi, xalqaro aloqalar, iqtisodiyot, islom moliyasi, pedagogika kabi yo‘nalishlarda ta’lim berib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda: Prezidentimiz tashabbusi amalda:
O'zbekiston yangiliklari